Pandemiya sharoitida Sirdaryo viloyatining to‘qimachilik sanoati rivojlanishi

Sirdaryo viloyatida suv toshqini oqibatida talofat ko‘rgan tumanlarda yangi to‘qimachilik sanoati korxonalari ish boshlash arafasida. 2020-2021 yillarda viloyatda jami 116 mln. dollarlik 14 ta to‘qimachilik loyihalari amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Bu qo‘shimcha 2965 ta yangi ish o‘rinlarini yaratishga imkon beradi. Joriy yil 29 iyul kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod, Sardoba tumanlarida joylashgan…

Oliy Majlis Senati a’zosi Buxoro viloyatidagi shifoxonalarga 100 dona kislorod kontsentratori olib berdi

Shifoxonalarda koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun zarur kislorodli kontsentratorlarga talab oshdi. Oliy Majlis Senati a’zosi Nurmuhammad Ochilov xayrli ish tashabbuskori bo‘ldi. N. Ochilov Xitoydan 100 dona kislorodli kontsentrator xarid qilib, ularni G‘ijduvon, Olot, Jondor, Vobkent, Shofirkon tuman va Kogon shahar tibbiyot birlashmalari hamda viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga yetkazishga bosh-qosh bo‘ldi. — Kasallikka chalingan…

“Mergan Teks” korxonasi kislorod kontsentratorlarini shifoxonalarga tarqatdi

Buxoro viloyatida joylashgan “Mergan Teks” korxonasi xayrli ishga qo‘l o‘rib Xitoydan 100 dona kislorod kontsentratorlarini olib keldi va viloyat shifoxonalariga beg‘araz ravishda tarqatdi. Kislorod kontsentratorlari COVID 19 bilan kasallangan bemorlar hayotini saqlab qolish uchun juda ham muhim. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi jamoasi “Merganteks” korxonasi rahbariyatiga sahovat aktsiyasini amalga oshirganligi uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Dunyodagi eng qimmat tibbiy niqobning bahosi qancha?

Isroillik zargarlar oq va qora javohirlar bilan bezatilgan oq oltindan dunyodagi eng qimmat tibbiy niqobni yaratish ustida ishlashmoqda. U taxminan 1,5 million dollarga baholanmoqda, deya xabar berdi «Haaretz» nashri. «18 qirotli oq oltindan yasalgan niqob 3600 ta oq va qora javohirlar bilan bezatiladi hamda buyurtmachining xohishiga qarab oliy sifatli N99 filtri bilan jihozlanadi», — dedi zargarlik firmasi xo‘jayini…

Xayriya aktsiyasi: Respublika klinik shifoxonalariga tashrif

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi qoshidagi “UzTextile Export” tashqi savdo kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida joylashgan koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashga ixtisoslashtirilgan shifoxonalarga tashrif buyurib, tibbiy himoya vositalari yetkazib berildi. Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat barchamizni birlashishga va kasallikni keng tarqalishini oldini olishga undamoqda. Har bir fuqaro kasallikni tarqatilishi oldini olish uchun masofani saqlashi, niqob taqishi, gigiyena qoidalariga rioya qilishi,…

Kitob o‘qish uchun 10 ta sabab yoki «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida tashkil etilgan kutubxona haqida

Odamzod paydo bo‘libdiki ilm olish va yangilik yaratishga intilib kelgan. Avval toshlarga, so‘ngra turli terilar va qog‘ozga o‘rganganlarini muhrlagan. Alisher Navoiy «Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai», deya ta’kidlagan bo‘lsa, Amir Temur «Kitob – barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir. Hayotni o‘rgatuvchi murabbiydir», deya uqtirgan. Ko‘p kitob o‘qigan odam tafakkur…

Sanoat korxonalari uchun gigiyena, infektsiya va uning oldini olish bo‘yicha qo‘llanma loyihalar ishlab chiqildi

«O‘zstandart» agentligi tomonidan Xalqaro Standartlashtirish Tashkilotiga a’zo davlatlarning tajribalarini o‘rganib chiqqan holda bir qator qo‘llanma loyihalari ishlab chiqildi. O’z DSt 37.____ :2020 Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Turistik industriya ob’ektlarida xavfsiz turistik xizmatlar ko‘rsatishga doir tavsiyalar O’z DSt 37.____ :2020  Korxonalar faoliyatining xavfsiz sharoitlarini standartlar tizimi. Sanoat korxonalari uchun gigiena, infeksiya va uni oldini…

To‘qimachilik va yengil sanoat kollejlariga o‘qishga marhamat!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmonining 2-ilovasiga muvofiq Jarqo‘rg‘on to‘qimachilik kolleji, Qarshi tumani yengil sanoat kolleji, Xiva yengil sanoat kolleji va Olmazor yengil sanoat kollejlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimiga o‘tkazilgan. Kollejlarda 2020-2021 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ma’lumot (11 sinf) va o‘rta maxsus, kasb-hunar…

Bangladesh to‘qimachilik tajribasi: u nima va O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga qanday ijobiy ta’siri bor?

Bangladesh to‘qimachilik sanoati dunyoning yetakchi mahsulot yetkazib beruvchi «konveyer»lardan biri hisoblanadi. U davlat iqtisodiyotiga yiliga 35 mrld.dollar foyda olib keladi. Aholini ish bilan ta’minlash va asosiy yashash manbasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Bangladesh o‘zining paxta resurslariga ega emas. Yillar davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta tolasining yirik iste’molchilaridan biri hisoblangan. Bu davlat to‘qimachilik sanoati tajribasi Davlatimiz…

Pandemiya tufayli Amerika elitasini kiyintirib kelgan brend inqirozga uchradi

AQShdagi eng eski kompaniyalaridan biri inqirozga yuz tutdi. Ikki asrdan beri Amerika elitasini kiyintirib kelgan kompaniya yarim millard dollarlik qarz botqog‘iga botgan. «Brooks Brothers» erkaklar kiyimiga ixtisoslashgan eng ko‘hna brendlardan sanaladi. Kompaniya Delaver shtati sudiga kreditorlardan himoyalash to‘g‘risida ariza topshirdi, deb yozmoqda «The Wall Street Journal». «Brooks Brothers» 1818 yili oilaviy biznes sifatida ochilgan. Orada o‘tgan ikki…