Amfori to‘qimachilik sanoati korxonalari uchun BSCI treninglarini o‘tkazadi

Joriy yilning 15 iyun kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati Germaniyaning xalqaro hamkorlik tashkiloti GIZ va Amfori biznes-assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv onlayn shaklda o‘tkazildi. Uchrashuv GIZning “Paxtachilik sanoatida barqaror rivojlanish va qo‘shimcha qiymatni oshirish” global dasturi va uning «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan “Eksportni jadallashtirish va moda sanoatida biznes-inkubatorni rivojlantirish” komponenti doirasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda…

O‘zbekiston bolalar mehnatini bartaraf etish bo‘yicha muhim natijalarga erishdi

Har yili 12 iyun — Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi. Bundan maqsad — bolalar mehnati muammosiga va uni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish zarurligiga butun dunyo e’tiborini qaratishdir. Zero, bugungi kunga kelib jahonda har o‘n boladan biri bolalar mehnatiga duchor qilinadi, bolalar mehnatidan jabr ko‘rganlarning soni 152 mlndan oshgan. Buning ustiga, COVID-19…

To‘qimachilik xomashyo importida sertifikatsiya va standartizatsiya yengillashadi(mi)

8 iyun kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan Namangan viloyatidagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmog‘ining qator korxonalari bilan yig‘ilish tashkil etilib, ularning standartlashtirish sohasidagi mavjud muammolari o‘rganildi. Mazkur yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 yanvardagi 43-son qaroriga muvofiq, soha korxonalari tomonidan tayyor mahsulot ishlab…

O‘zbekiston elchisi Lyuksemburgda savdo uyi ochilishi va ko‘rgazma tashkil etilishi masalalarini muhokama qildi

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov Lyuksemburgning «Sonneg Luxembourg S.A» kompaniyasi rahbari, vatandoshimiz Diyor Yoqubov bilan uchrashdi. 2014 yilda tashkil etilgan «Sonneg Luxembourg S.A» kompaniyasi  ulgurji to‘qimachilik mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan. Kompaniya Yevropada alohida mijozlarga sifatli va arzon to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib beruvchi sifatida nom qozongan. Bugungi kunda kompaniya Lyuksemburg orqali butun Yevropa bo‘ylab O‘zbekistondan turli-tuman to‘qimachilik…

Buxoro viloyatida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2021 yil 18 maydagi topshirig‘iga ko‘ra, joriy yilning 27-29 may kunlari Buxoro viloyatidagi neft va gaz sanoati, yengil sanoat tarmog‘i, qurilish materiallari, qorako‘lchilik, qishloq va suv xo‘jaligi, turizm sanoati yirik korxonalar ishtirokida Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkaning asosiy maqsadi yirik tarmoq korxonalariga mahalliy kichik va xususiy biznes korxonalari tomonidan import…

Saxa Respublikasi Hukumati raisi A.Tarasenko bilan uyushma raisi I.Xaydarov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Rossiya Federatsiyasi Saxa Respublikasi (Yakutiya) Hukumati raisi Andrey Tarasenko boshchiligidagi delegatsiyasi “Uzbekistan Textile Expo 2021» to‘qimachilik va moda sanoati xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etish maqsadida yurtimizga 26 may kuni tashrif buyurdi va tashrif davomida vazirlik va davlat idoralari bilan qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi. Bugun Delegatsiya vakillari xalqaro ko‘rgazma ochilish marosimida qatnashib, to‘qimachilik korxonalari bilan yaqindan tanishdi va…

“Bellegprom” milliy kontserni vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugungi ko‘rgazma ochilish marosimida “Bellegprom” milliy kontserni raisi Tatyana Lugina  so‘zga chiqdi va ikki davlat o‘rtasidagi iliq munosabatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi. Tantanali ochilish marosimidan so‘ng boshqa davlat vakillari bilan ko‘rgazma maydonidagi korxonalari va ularning mahsulotlari bilan yaqindan tanishib chiqildi. So‘ng “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyuushmasi binosida uyushma raisi I.Xaydarov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Bellegprom” milliy kontserni vakillari…

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tasarrufidagi Olmazor yengil sanoat kollejida kasbga qayta tayyorlash kurslarini tugatgan tinglovchilarga sertifikat namunalarini berish tadbiri

O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ-4804 sonli «Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faoliyatini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan Olmazor yengil sanoat kollejida aholini band bo‘lmagan qatlami uchun turli kasb yo‘nalishi bo‘yicha qisqa o‘quv kurslari tashkil etildi. Xususan, «Tikuvchilik», «Buxgalteriya», «Ayollar…

Yangi O‘zbekiston – yangi to‘qimachilik: UzTextile Expo – xalqaro to‘qimachilik va moda haftaligi

To‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoati respublikamizning jadal va shiddat bilan rivojlanib kelayotgan sanoatlaridan. Bunga yurtimizning barcha tumanlarida amalga oshirilgan to‘qimachilik loyihalari va yaratilgan ish o‘rinlari yaqqol dalil bo‘la oladi. So‘nggi yillar mobaynida to‘qimachilik sanoati keskin o‘zgarishlarga yuz tutdi. Bu eng avvalo xalqaro bozorlarda Uztextile va Made in Uzbekistan yorliqlari ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlaring eksport geografiyasi…

”O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi “Haidallimodels” model agentligi hamda O‘zbekistonlik dizaynerlar, moda mutaxasislari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

2021 yilning 11 may kuni “The Fashion Show Line 2021” modalar namoyishi doirasida o‘zbek milliy kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Milliy madaniyat va san’at zamonaviy o‘zbek modelerlari va dizaynerlari ishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.Aksariyat brendlar o‘zlarining to‘plamlarida milliy mavzulardan foydalanadilar.Bugungi kunda muhim yo‘nalishlardan biri hisoblangan ayollar liboslariga, zamonaviy moda yo‘nalishlariga milliy…