Sanoat korxonalarida zamonaviy lokal oqova tozalash inshootlarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 11 noyabr kuni Ekologiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda sanoat korxonalarida zamonaviy lokal oqova tozalash inshootlarini o‘rnatish va mavjudlarini modernizatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan videokonferentsiya o‘tkazildi. Tadbirda Uyushma tizimiga kiruvchi mato bo‘yash-pardozlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yirik korxonalar hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etib, Hukumat tomonidan tasdiqlangan Dasturga asosan 2020-2022 yillar davomida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj…

Matbuot anjumani: «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi o‘zbek to‘qimachilik brendlarini Yevropada qanday targ‘ib qilmoqchi?

Avval xabar berganimizdek, o‘tgan hafta bir guruh kinematograflar To‘qimachilik sanoati va mahsulotlarini targ‘ib qiluvchi yangi reklama filmini suratga olish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Film Hermès, Vogue, Dior va Chanel uchun videofilmlarni suratga olayotgan yevropalik mutaxassislar guruhi tomonidan tayyorlanadi. Joriy yilning 9 noyabr kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan tashkil etilgan «Yevropada o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari: yangi reklama filmi…

O‘zbekiston Polshaga 42 million dollarlik mahsulotlarni eksport qildi

O‘zbekistondan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida Polshaga 42,8 million dollari qiymatidagi mahsulotlarni eksport qilindi. Bu haqida Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi. Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Polshaga qilingan eksport natijasida yurtimizga valyuta tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 million dollarga ko‘payib, 40 foiz o‘sishga erishildi. Xususan, O‘zbekistondan Polshaga 17,5 million dollarlik kalava ip, 15…

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish nima uchun muhim? – John Deere kompaniyasi tajribasi haqida

Joriy yil 22 sentyabr kuni tarmoq va hududlarda raqamli iqtisodiyot hamda elektron hukumatni joriy qilish masalalari bo‘yicha o‘tgan videoselektor yig‘ilishida prezident Shavkat Mirziyoyev «Tarmoq va hudud rahbarlari raqamlashtirishsiz natija, rivojlanish bo‘lmasligini tushunib yetishi shart. Barcha darajadagi rahbarlar buni o‘ziga kundalik vazifa sifatida belgilab, raqamlashtirish sohasini alifbosidan boshlab chuqur o‘rganishi kerak», – deya ta’kidlagan edi. John…

Xorijlik ijodkorlar “VST Cluster”da bo‘lishdi

Avval xabar berganimizdek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi buyurtmasi bilan “Advantage Central Asia” xorijiy kompaniyasi o‘zbek paxtachiligi va to‘qimachilik salohiyatiga bag‘ishlangan hujjatli film va turkum videoroliklar olish ishlariga kirishdi. Film ijodkorlari Buxoro viloyatiga ham tashrif buyurib, “VST Cluster” klasterida bo‘lishdi. Ular filmning asosiy qismi, ya’ni chigit ekishdan tortib, paxta xom ashyosi yetishtirish va undan tayyor mahsulot olishgacha bo‘lgan jarayonlarni…

Filmni suratga olish “TST Cluster”dan boshlandi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi buyurtmasi bilan “Advantage Central Asia” xorijiy kompaniyasi tomonidan o‘zbek paxtachiligi va to‘qimachilik salohiyati haqida hikoya qiluvchi hujjatli film va videoroliklarni suratga olish ishlari boshlandi. Yevropada taniqli bo‘lgan mazkur mediakompaniya rahbari Dmitriy Rodinning aytishicha, media va videomateriallarda klaster usulida mahsulot yetishtirish, uni chuqur qayta ishlash, O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoatidagi yutuqlari va eksport salohiyati, shuningdek, mehnatkash…

O‘zbekiston oliy ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik yo‘lga qo‘yilmoqda

⚡️Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida birinchi bo‘lib davlat-xususiy sheriklikni yo‘lga qo‘ymoqda. Buning uchun Buxorodagi “BCT Cluster” va Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Cluster” paxta-to‘qimachilik klasterlari yaqin hamkor sifatida tanlandi. 🤝Institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, “Osiyo Ramzi” Respublika dizaynerlar assotsiatsiyasi rahbari Xolida Komilova rahbarligida institutning bir guruh vakillari “BCT Cluster” paxta-to‘qimachilik klasterining…

«O‘zto‘qimachiliksanoat» Uyushmasi va «O‘zbekinvest» eksport-import aktsiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida video aloqa muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralarda davomida umumiy sug‘urta bozorida o‘z faoliyatini olib borish va sug‘urta faoliyatiga ko‘ra mavjud sug‘urta xizmatining turlarini kengaytirish va o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha kelishib olindi. Jumladan, kompaniya tomonidan quyidagi sug‘urtalash turlari taklif etildi: milliy eksport qiluvchilarning iqtisodiy manfaatlarini chet ellarda xorijiy sheriklar tomonidan qabul qilingan kontrakt majburiyatlarining bajarilishiga to‘sqinlik qiluvchi siyosiy, tijorat va tadbirkorlik…

Guanjou shahrida O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ochildi

Xitoyning Guanjou shahrida O‘zbekiston Bosh konsulxonasi rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.  Marosimda mamlakatimizning Xitoy Xalq Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Baxtiyor Saidov, Guandun provintsiyasi va Guanjou shahri Xalq hukumati rahbarlari, shuningdek, hududdagi ishbilarmon, jamoat va ekspert doiralari vakillari hamda vatandoshlarimiz ishtirok etdi. Elchi Baxtiyor Saidov Bosh konsulxonaning ochilishi O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni…

Orolbo‘yi hududida joylashgan tikuvchilik korxonalari bilan kooperatsion aloqalar

Joriy yilning 24 oktyabr kuni, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan tikuv-trikotaj sohasi korxonalarining faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan videokonferensaloqa yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishida, Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan 20 ga yaqin tikuvchilik korxonalari hamda ushbu sohada katta tajribaga ega Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan “Best Color Textile«, »Betlis Tekstil«, »Sirdaryo Best Fashion«, »Pronto Textile«, »Elegant Garment Textile«, »Istiqlol Textile…