2 noyabr O‘zbekiston Ish beruvchilari konfederatsiyasi tashkil etilgan kun!

Hurmatli tadbirkorlar, zahmatkash ishchi va xizmatchilar! Bugun Yangi O‘zbekiston tarixidagi muhim tashabbuslardan biri O‘zbekiston ish beruvchilari konfederatsiyasi tashkil etilgan kun. Tashkil etilganiga 4 yil bo‘lganiga qaramay Konfederatsiya katta ishlarga qo‘l o‘rdi va Respublika ish beruvchilari manfaatlarini himoya qilish yo‘lida sezilarli natijalarga erishdi. Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan Inson qadri va tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash masalalariga katta e’tibor…

AQSh o‘zbek paxtasiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi

AQSh Mehnat vazirligi dunyoda majburiy mehnat bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha ikkita hisobotni e’lon qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo». Bolalar mehnati eng yomon shakllari to‘g‘risidagi hisobotda («TDA Report») O‘zbekiston 2011 yildan beri birinchi marta bolalar mehnati eng yomon shakllarini bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlar samaradorligi bo‘yicha «sezilarli taraqqiyot» eng yaxshi toifasiga kirdi. O‘zbekiston 2011 yilda «bolalar mehnatiga barham…

Shahrixonda yangi korxona o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi arafasida Shahrixon tumani Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “SAXOVAT TEXS” MCHJ tomonidan yangi barpo etilgan kalava ip ishlab chiqarish korxonasining ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu korxonaning loyiha qiymati 18,4 million AQSh dollari bo‘lib, yiliga 2 ming tonna kalava ip ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Eng muhimi, bu yerda 400 ta yangi…

Mustaqillik bayrami arafasi yana bir hushxabar: Qamashi tumanida 300 o‘rinli korxona o‘z faoliyatini boshladi

28 avgust kuni Qamashi tumani Navoiy MFYda joylashgan Paxta qabul qilish terminali binosining bo‘sh turgan 1 gektar yer maydoniga “QAMASHI TEKSTIL” MCHJ korxonasi tomonidan umumiy qiymati 10,0 mlrd so‘m bo‘lgan ishlab chiqarish quvvati 10,0 mln.dona bo‘lgan investitsiya loyihasi asosida tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyiha asosida ishga tushirilgan ob’yektning…

Bayram saxovati: Angrenda 1400 dan ortiq o‘quvchiga maktab formalari tarqatildi

Angren shahrida ham yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yiliga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ushbu jarayonda ko‘plab xayrli amallarga qo‘l urilayapti. Mustaqilligimizning qutlug‘ sanasi va yangi o‘quv yili arafasida Angren shahar hokimi Alisher Rayimov boshchiligidagi sektor rahbarlari tashabbusi bilan shahardagi mavjud 46 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabida ta’lim-tarbiya olayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oilalar o‘g‘il-qizlaridan 1404 nafariga…

 “S. Oliver Group” va “Grosso Moda” kompaniyalari bilan hamkorlik masalasi muhokama qilindi

2022 yil 26 avgust kuni “S. Oliver Group” (Germaniya) va “Grosso Moda” (Niderlandiya) kompaniyalarining Germaniyaning GIZ hamkorlik tashkiloti hamkorligida tashkil etilgin O‘zbekistonga tashrifi doirasida, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari M.Sultanov bilan Uyushma binosida uchrashuv tashkil etildi. “Grosso Moda” kompaniyasi ishlab chiqarish direktori Lars Alblas (Lars Alblas) O‘zbekistonning bir qancha to‘qimachilik korxonalari, jumladan “Global Textile Group”,…

Maktab formasi bola psixologiyasiga ta’siri?

Inkor etib bo‘lmaydigan bir necha fakt Psixologiya nuqtai nazaridan maktab formasi bolalar uchun foydali yoki zararli, degan savolga aniq javob berish qiyin. Biroq, ko‘pgina psixologlarning fikriga ko‘ra, maktab formasi kiyish uchun bir nechta ijobiy jihatlar mavjud. Yagona maktab formasi xulq-atvor me’yorlari chegaralarini belgilashga yordam beradi va o‘quvchilarga maktabni ish muhiti sifatida ko‘rishga yordam beradi. Shaxsiy…

O‘zbekiston va Koreyaning to‘qimachilik sanoatidagi strategik hamkorligi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Kim Xi-Sang va Uyushma raisi I.Xaydarov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida, tomonlar O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida to‘qimachilik sanoatida ikkitomonlama hamkorlikda mustahkam poydevor yaratilgani va jadal rivojlanayotgan davrda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish kerakligini ta’kidlandi. Uyushma Koreyaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni o‘rnatgan, xususan, KOFOTI – Koreya to‘qimachilik sanoati…

Tovar birjasi tomonidan tolaning fyuchers kotirovkasiga asosan boshlang‘ich qiymatlar narxnomasi 23.08.2022 holatiga

Nyu-york tovar birjasi tomonidan 23.08.2022y xolatiga  tolaning fyuchers katirovkasiga asosan boshlang‘ich qiymatlar NARXNOMASI Navlar va sinflar bo‘yicha paxta tolasi narxini qayta xisoblash koeffitsiyentlari Kotirovka = 116,26 1 USD = 10888,30 Nyu-york  = 2563,06796  USD (Bazis narx) 1 tn tola 27 907 453 so‘m I nav (Birinchi) Oliy 1,050 II nav (Ikkinchi) Oliy 1,020 Yaxshi 1,040…

O‘zbekiston Singapur uchun paxta mahsulotlari yetkazib berishda alternativ resurs markazi

Joriy yilning 15 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining Singapurdagi elchixonasi ko‘magida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Singapurning to‘qimachilik va moda federatsiyasi “Taff” o‘rtasida onlayn formatda muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokarada Singapurning to‘qimachilik va moda federatsiyasi bosh rahbari S.Xo, Rivojlanish va sanoat bilan hamkorlik bo‘yicha direktor L.Chu va “Teo Garments” boshqaruvi prezidenti va boshqaruvchi direktori U.Teo ishtirok etdi. Ma’lumot uchun: Singapur…