1 OYLIK EKSPORT 240 MLN. DOLLARDAN OSHIRILISHIGA ERISHILDI

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamda tarmoq korxonalari tomonidan 2021 yil 1-chorak yakuniga ko‘ra, 648,1 mln.dollarga teng to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirildi va respublika eksportidagi ulushi 29% tashkil etdi. Ilk bora korxonalar tomonidan bir oylik mahsulot eksportida rekord natija qayd etildi va 240 million dollardan oshdi. Birinchi chorakda to‘qimachilik eksportida  o‘tgan yilga nisbatan 143,5 foiz o‘sish templari ta’minlandi.…

O‘zbekiston YEIga qator mahsulotlarni imtiyozli shartlarda yetkazib berishi mumkin

2021 yil 10 aprel kuni International mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi, diplomatik korpus va xususiy sektor vakillari hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlar ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumani ushbu muhim voqeaga bag‘ishlandi. Matbuot anjumanini ochar ekan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo…

O‘zbekiston va Saudiya Arabiston ishbilarmonlar kengashining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021 yil 22-26 yanvar kunlari Saudiya Arabiston Podishoxligi investitsiyalar vaziri Xold Al-Falih boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi davomida O‘zbekiston va Saudiya Arabiston biznes forumi doirasida O‘zbekiston va Saudiya Arabiston vazirlik idoralari va xo‘jalik tarmoqlari vakillaridan iborat Ishbilarmonlar kengashi tuzilgan. O‘zbekiston va Saudiya Arabiston o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy xamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida  joriy yil 5 aprel kuni…

“Markaziy Osiyo Ish Beruvchilar Uyushmalari” loyihasi va kelgusi hamkorlikni muhokama qilish borasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 31 mart kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi – O‘zbekiston Ish Beruvchilar Konfederatsiyasi raisi Ilhom Haydarov, “NORDMETALL” (Germaniya) ish beruvchilar uyushmasi xalqaro aloqalar mutaxassisi Xans Manzke va “Bildungswerk” (Germaniya) ish beruvchilar uyushmasi vakili Fransiska Vorbek, va boshqa ish beruvchilar uyushmalari, hamda Xalqaro Mehnat Tashkiloti vakillari o‘rtasida «Markaziy Osiyo Ish Beruvchilar Uyushmalari» loyihasi va kelgusi hamkorlikni muhokama qilish borasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, yangi loyihaning maqsadi Markaziy Osiyoda biznes tashkilotlarini (Qozog‘iston, O‘zbekiston va…

Andijonda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kasbga o‘qitish maqsadida 3 ta korxona bilan memorandum imzolandi

Andijon viloyatidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash orqali ularni jamiyatga faol integratsiyalashuviga ko‘maklashish maqsadida Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, Xo‘jaobod tumani hokimligi va “Nil-Granit”, “Barchinoy tekstil” va “Maxsuma tekstil” kabi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar o‘rtasida memorandum imzolandi. Imzolangan memorandumga ko‘ra tumandagi zaif eshituvchi bolalar maktab-internati “Nil-Granit” MCHJga, 17-sonli kar bolalar uchun…

Yangi korxonada 400 nafar kishi ish bilan ta’minlanadi

Buxoro viloyati Vobkent tumanida yangi ish boshlash arafasidagi “Tola klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatida paxta tolasini qayta ishlash, undan ip-kalava ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Yangi korxonada bir kunda 25 tonna paxta qayta ishlanib, ip-kalava olinishi mo‘ljallangan. Zamonaviy dastgohlar Germaniya, Turkiya davlatlarining mashhur yirik kompaniyalaridan keltirilgan. Ayni kunlarda dastgohlar o‘rnatilib, ularning texnik sifati xorij texnologlari nazoratidan o‘tkazilmoqda.…

Bo‘stonliq tumanida “Nafosat” festivali o‘tkazildi

Avval xabar berilganidek, shu kunlarda Toshkent viloyatida “Nafosat” festivali o‘tkazilmoqda. Xususan, kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan “Nafosat” festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Senat mutasaddilari, Komissiya a’zolari, Toshkent viloyati hokimligi mas’ullari, dizaynerlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok…

Toshkent tumani markaziy Madaniyat saroyida “Nafosat-2021” festivali o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tashabbusiga binoan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2021 yilning 23-26 mart kunlari Toshkent viloyatida  aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan «Nafosat» festivali o‘tkazilmoqda. Mazkur festivalning dastlabki kunida Toshkent tumanidagi Madaniyat markazida Toshkent viloyati dizaynerlari va…

«Sport – sog‘liq garovi» shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi

Ayna damda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida sog‘lom turmush tarzini qo‘llab quvvatlash va xodimlar orasida sport bilan shug‘ullanishni keng targ‘ib qilish maqsadida «Sport – sog‘liq garovi» shiori ostida sport musobaqalari tashkil etildi. Unda stol tennisi, shaxmat va shashka, velotrek poygalari tashkil etildi. Eslatib o‘tamiz ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099 sonli «Sog‘lom turmush tarzini…