O‘zbekiston butun dunyo uchun ochiq: Ilk bor ikki xalqaro to‘qimachilik tashkiloti – ITMF va IAFning qo‘shma konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi

Qadimiy Samarqand shahrida 2024 yil 8-10 sentyabr kunlari tarixda ilk bor dunyodagi ikkita yirik xalqaro to‘qimachilik federatsiyalari – Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari Federatsiyasi – ITMF va Xalqaro kiyim-kechak Federatsiyasi – IAF ning Qo‘shma konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi. Dunyoning eng go‘zal va qadimiy shaharlaridan biri, tarix va zamonaviylik chorrahasi – Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ushbu olamshumul tadbirda siz oson…

Germaniyada ahamiyatli kelishuvlarga erishildi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi delegatsiya Groz-Beckert Akademiyasi, Hochschule Albstadt-Sigmaringen Universiteti va ABA Ausbildungs-und Berufsförderungsstätte Albstadt Monomarkazi joylashgan Albshtadt shahrida bo‘lib turibdi. Hochschule Albstadt-Sigmaringen Universiteti vakillari bilan uchrashuv chog‘ida Samo universitetida (Andijon) texnologlar tayyorlash, uning ta’lim tizimini takomillashtirish va dual ta’lim tizimini joriy etish to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan to‘qimachilik instituti…

O‘zbek delegatsiyasi Germaniya ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Gesamtmasche ko‘magida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi boshlandi. Tashrif Myunxbergda Hochschule Hof universitetida bo‘lib o‘tmoqda. U yerda delegatsiya ishtirokchilari to‘qimachilik sanoati mutaxassislarini tayyorlash uchun Germaniya ta’lim tizimi bilan tanishishlari mumkin. Materialshunoslik instituti (Ifm) mashinasozlik, tizim materiallari, to‘qimachilik texnologiyalari va kompozit materiallar sohalarida yangi mahsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlarini ishlab chiqadi. Institut o‘zining yuqori…

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaga tashrif buyuradi

2024 yil 3-7-mart kunlari GUZ Partners loyihasi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Gesamtamsche tomonidan Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan to‘qimachilik instituti, Farg‘ona universiteti, Marg‘ilon kasb-hunar maktabi xodimlari uchun Germaniyaga keng ko‘lamli tashrif uyushtirilmoqda. Tashrif maqsadi – to‘qimachilik sanoati mutaxassislarini, xususan texnologlarni tayyorlash, bilimlarni uzatish, tajriba va nou-xau almashish usullari…

Yevropaga eksport: To‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari uchun nimalar o‘zgaradi?

Ushbu kunlarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati – GIZ birgalikda ta’minot zanjirlari va uning O‘zbekiston kompaniyalariga ta’siri to‘g‘risidagi Yevropa qonunchiligi haqida xabardorlikni oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazdi. Seminarlar Toshkent va Farg‘ona shaharlarida o‘tkazilib, ularda uyushma xodimlari bilan bir qatorda 40dan oshiq korxonalar ham ishtirok etdi. Ulardan “Urban Style”, “Global Textile”, “Diva Tex”, “Navbahor Textile”,…

Saudiya Arabistoni elchixonasi ITMF& IAF 2024 konferentsiyasida Saudiya to‘qimachilik ishchilari va investorlarining ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi

27 fevral kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Hamud Al Mutairi bilan to‘qimachilik sanoatida o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha samarali muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi to‘qimachilik sohasidagi savdo va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlash va kengaytirishga qaratildi. Tomonlar Saudiya Arabistonidan yirik to‘qimachilik kompaniyalari va investorlar delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga…

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Tojikiston bilan to‘qimachilik sohasida aloqalarni mustahkamlamoqda

Tojikistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Raxmonzoda Abdudjabbor Aziz bilan 26 fevral kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbari to‘qimachilik sohasida ikki davlat o‘rtasida amalga oshirilayotgan va istiqbolli loyihalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi. Shu bilan birga, tomonlar o‘zbek paxta-to‘qimachilik klasterlari tajribasini Tojikistonda ham joriy etish, tegishli mutaxassislarni o‘qitish va tayyorlash hamda to‘qimachilik sanoatida ilg‘or texnologiyalar almashinuvi masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.…

Yaponiya to‘qimachilik biznes missiyasi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasining mart oyida Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi to‘qimachilik delegatsiyasining biznes missiyasi rejalashtirilgan. Tashrifdan maqsad hamkorlikni yanada mustahkamlash va yaponiyalik investorlar e’tiborini yangi loyihalarga jalb etishdan iborat. O‘zbekiston vazirlik va idoralari rahbarlari qator uchrashuvlar o‘tkazib, Yaponiya rasmiylari bilan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qiladilar. Bundan tashqari, Yaponiyaning yirik kompaniyalarini istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama…

G‘arb va Sharq bozorlarini birlashtirish vaqti yetdi

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida mahsulot ishlab chiqarishning to‘la uzviylashtirilgan zanjiri, o‘sayotgan bozor va investitsiya dasturlari Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida amaliy munosabatlarni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar doirasini taqdim etadi. Dunyoda to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlarining eng tez o‘sayotgan bozorlaridan biri haqida Germaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, doktor Tilo KLINNERga bir qancha savollar berdik. – Germaniya Federal…

To‘qimachilik sanoati – ijtimoiy islohotlarning yorqin misoli

Yangi O‘zbekistonni barpo etishdan asosiy maqsad – iqtisodiy rivojlangan, barcha tomonlama teng huquqli ochiq davlat va demokratik jamiyat qurish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan siyosat kutilgan natijalar bermoqda, O‘zbekiston allaqachon mintaqaning eng izchil rivojlanayotgan mamlakatiga va sifatli tayyor to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib beruvchisiga aylandi. Islohotlarning natijadorligi va samaradorligi nufuzli xalqaro tashkilotlar, shu jumladan,…