Heimtextil Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Bugun, 12-oktabr kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida Heimtextil Uzbekistan, Apparel Sourcing Tashkent va Texworld Tashkent xalqaro ko‘rgazmalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati, tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar hamda soha vakillari ishtirok etdi. 12–14-oktabr kunlari davom etadigan mazkur xalqaro tadbirlar to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati vakillarini bir maydonda jamlab, yangi hamkorlik…

Bitiruvchilarining munosib ish topishlarini qo‘llab quvvatlash maqsadida mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi va yarmarkaning asosiy maqsadi 2024 yilgi bitiruvchilarni ishga taqsimlash, ularning munosib ish tanlash jarayonlarining sifat va samaradorligini oshirishga qaratildi. Yarmarkada “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zcharmsanoat” va “O‘zbekipaksanoat” uyushmalariga a’zo korxonalar, respublikadagi Matbaa kompaniyalari hamda Yakkasaroy tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi vakillaridan iborat bo‘lgan…

Ekologik standart: Soha korxonalari soni ko‘paydi

O‘tgan hafta Germaniyaning Hohenstein tadqiqot instituti Zelal Tekstil korxonasiga iste’molchilarga qulay to‘qimachilik mahsulotlarini yaratishda qilgan sa’y-harakatlarini tasdiqlovchi yuqori qiymatli Oeko-Tex sertifikatini topshirdi. 100 dan ortiq mezonlar asosida o‘tkazilgan ushbu sertifikat ishlab chiqarish jarayonida taqiqlangan va potentsial xavfli moddalar mavjudligini tekshirishni o‘z ichiga olgan keng qamrovli tadqiqot bo‘lib, nafaqat sifat belgisi, balki inson salomatligiga zararli moddalar…

Huqumatlararo komissiyasida vengriyalik hamkorlar bilan samarali uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Bugun, 7 may kuni Toshkentda “Vengriya biznes delegatsiyasi” Huqumatlararo komissiyasi doirasida “O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Baxt Textile, Nil Granit yirik paxta va to‘qimachilik klasterlari, Yuksak Service Tekstil tayyor mahsulotlar kompaniyasi ishtirok etdilar. Undan tashqari, ishtirokchilar Vengriya yengil sanoat uyushmasi, Fivosz – Yosh tadbirkorlar milliy uyushmasi va “Art Work Design” kompaniyasi vakillari bilan V2V uchrashuvlarini…

UNECE bilan samarali uchrashuv: To‘qimachilik sanoatida barqaror rivojlanish sari qadamlar

Toshkent investitsiyaviy forumi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi rahbariyati UNECE mas’ul kotibi Tatyana Molchan bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi. Muhokamalar davomida korxonalarning Yevropa brendlari bilan ishlash, to‘qimachilik chiqindilarini qayta ishlash va suv resurslaridan samarali foydalanish sohasidagi vakolatlarini oshirishga qaratilgan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari aniqlandi. Shuningdek, ular Sustainability Pledge by UNECE innovatsion platformasi yordamida to‘qimachilik sanoatini chet elda targ‘ib qilish…

Respublikadagi eng yirik va eng jadal rivojlanayotgan sanoatda ishlashni xohlaysizmi?

Siz faol, maqsadli, ochiq insonmisiz? «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi bo‘sh ish o‘rinlariga mutaxassislarni taklif etadi:   axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash bo‘yicha; sanoat korxonalari bilan bevosita ishlash; xalqaro standartlar va innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha; moliyaviy-iqtisodiy tahlili bo‘yicha; investitsiyalarni jalb qilish; marketing, eksportni kengaytirish va logistika korxonalariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish monitoringi bo‘yicha Ariza beruvchilarga qo‘yiladigan talablar:…

Hindistonga tashrif davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati vakillari hozirda Hindistonning buyoqxona korxonalarida o‘rnatilgan suv tozalash va qayta ishlash inshootlarida o‘z tajribalarini ortirishmoqda. Soha vakillari tashriflari davomida Hindistonning Tiripur shahrida joylashgan Indian Stitchers Pvt Lt, Tiripur Dyers Association, WTT technologies kompaniyalari texnologiyalari bilan yaqindan tanishishdi. Uchala uchrashuvda ham korxona rahbariyatlari va vakillari bilan muzokaralar olib borildi, u…

Brending san’ati: Sorbonnaning jahon mutaxassislaridan o‘quv darslari

Sanoatning ishbilarmon ayollari diqqatiga! “Kreativ industriyalarda brendni boshqarish. Texnologiyalar, drayverlar, innovatsiyalar” ekspert dasturiga qabul boshlandi. Dastur Parijdagi IEERP – PR Yevropa instituti ko‘magida taniqli frantsuz mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Dastur tinglovchilari – Moda sanoati va to‘qimachilik sohasidagi mutaxassislar, shaxsiy brendlari asoschilari, dizaynerlar, consept-store va ixtisoslashtirilgan parda va interyer do‘konlari rahbarlari, ixtisoslashtirilgan universitetlarning o‘qituvchilari quyidagi qimmatli…

Ta’lim tizimini yanada takomillashtirishda Germaniya tajribasi

Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati – GIZ O‘zbekistonda har sohada faol ishlar olib bormoqda. To‘qimachilik sohasi bilan chambarchas bog‘liq ta’lim yo‘nalishidagi “O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi tizimidagi islohotlar va modernizatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi shular qatoridan. Uning doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi xodimlari, Toshkent va Namangan to‘qimachilik va yengil sanoat institutlari o‘qituvchilari hamda ekspertlaridan iborat…

O‘zbek korxonalari Hindiston hamkasabalari bilan tajriba alishishmoqda

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligida 10dan ortiq korxonalar delegatsiyasi GIZ ko‘magida Hindistonga tashrifni amalga oshirmoqda. Tashrif maqsadi – buyoqxona korxonalarida o‘rnatilgan suv tozalash va qayta ishlash inshootlarni va undagi jarayonlarni kuzatish va tatbiq qilish. Tashrif 56 ta davlatda suvni retsirkulyatsiya qilish texnologiyalariga ega va ZLD (Zero Liquid Discharge) texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha yetakchi korxona SSP PvT Limited…