O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatining tashrif qog‘ozi qanday bo‘lishi kerak

Joriy yilning 7 may kuni Xilton mehmonxonasida mahalliy to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish va uni GSP + tizimiga asosan Yevropa Ittifoqi bozorida yanada targ‘ib qilishga bag‘ishlangan «Yangi O‘zbekiston — yangi to‘qimachilik: Yevropa Ittifoqida GSP + ning benefitsiari» to‘qimachilik forumining to‘qimachilik konferentsiyasi boshlandi. Ushbu forum «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan GIZ bilan hamkorlikda, O‘zbekistonning Belgiyadagi elchixonasi va eksportni rivojlantirish agentligi…

Kamoliddin Bexzod nomidagi Milliy Rassomlik va Dizayn Instituti Dizayn fakulteti bitiruvchi talabalari hamda ishlab chiqarish korxona rahbarlari bilan uchrashuv tashkillashtirildi

Yoshlarni qo‘llab quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, shuningdek 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zto‘qmachiliksanoat” uyushmasi tomonidan rejali ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 maydagi…

Senat Raisi boshchiligidagi Ishchi guruh Namangan viloyatida o‘rganishlar olib bormoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Ishchi guruhi Namangan viloyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari, aholisi bilan bevosita muloqot qilish, ularni o‘ylantirayotgan muammolar, sektorlar kesimida “mahallabay” ishlash tizimi asosida “Temir”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritilgan oilalar bilan olib borilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Pop tumaniga bordi. Dastlab Senat Raisi tumanning Chodak hududida joylashgan “Yangi Chodak…

Cotton Campaign: O‘zbekiston paxtachilik sohasini muvaffaqiyatli isloh qilmoqda

Xalqaro Mehnat Tashkilotining (XMT) 2020 yilgi paxta yig‘im-terimi to‘g‘risidagi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston terim paytida bolalar mehnatidan butunlay voz kechganini va majburiy mehnatni deyarli yo‘q qilganligini tasdiqlaydi. Mutaxassislar guruhida GFR Tashqi ishlar vazirligi, Federal iqtisodiyot va texnologiyalar vazirligi va Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi O‘zbekiston erishgan natijalarni ijobiy baholadi. Ekspertlar muhokamasida 2006 yildan buyon mavjud bo‘lgan O‘zbekistondan…

«Inqirozning oldini olish va unga tayyorgarlik ko‘rish – mehnatni muhofaza qilish tizimiga sarmoya kiritish» mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi

Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) butun dunyo bo‘ylab ish joylarida baxtsiz hodisalar va kasalliklarning oldini olishga yordam berish maqsadida 28 aprel kuni Butunjahon ish joyida xavfsizlik va sog‘liqni saqlash kunini nishonlanadi. Ushbu tushuntirish kampaniyasi sog‘liqni saqlash va xavfsizlik masalalari va ish bilan bog‘liq jarohatlar, kasalliklar va o‘lim holatlarining ko‘payishi to‘g‘risida aholining xabardorligini oshirishga qaratilgan. Dunyoning barcha…

Iqtisodiy zonalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 1 trillion 600 milliard so‘m ajratiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 aprel kuni erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Bugungi kunda mamlakatimizda 23 ta erkin iqtisodiy va 348 ta kichik sanoat zonasi faoliyat yuritmoqda. Erkin iqtisodiy zonalarda umumiy qiymati 2,6 milliard dollarlik 453 ta loyiha amalga oshirilib, 36 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan.…

Bugun 26 aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun

Bugun 26 aprel – O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavallud topgan kun   Orazi gul, husni hilol, Alloh go‘zal, Alloh go‘zal. Mutloq kamol, mutloq jamol, Alloh go‘zal, Alloh go‘zal… Arsh arkida sulton o‘zi, Beaybu benuqson o‘zi. Poyiga cho‘k, ul Zuljalol, Alloh go‘zal, Alloh go‘zal… Diydori bir shirin umid, Azal vujud, abad vujud. Kimga ayon, kimga…

«Ular ham ataylab qilmayapti» – prezident eksport valyutasi kechikkan tadbirkorga jarimani qisqartirishni ko‘rsatma qildi

8 aprel kuni davlat rahbari boshchiligida tadbirkorlikni rivojlantirish va joriy yilda aholi bandligini ta’minlash dasturi ijrosi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. «Sergelidagi 70 gektar maydonda xususiy investorlar bilan birga kichik sanoat-servis va savdo zonasi barpo etilmoqda. Sh.Abdurahmonov, Zaripov, Abdurazzoqov, Bozorov, Turdimov joriy yilda infratuzilma mavjud bo‘lgan 20-50 gektardan maydonda bu kabi savdo va sanoat zonalarini qurishni boshlasin. Bunday…

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi yangi rakursda: rivojlanish vektori va yuqori ko‘rsatgichlar

Bugun 23 aprel kuni Milliy matbuot markazida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raxbariyati ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.  Unda jurnalistlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari ijrosi, davlat dasturlarida doirasiga “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va tarmoq korxonalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, sohadagi yangiliklar va istiqboldagi vazifalar bilan tanishishdi. So‘ngi yillarda to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bunga…

Prezident “Urgut” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 yanvardagi farmoniga asosan tashkil etilgan mazkur iqtisodiy zona mavjud xomashyo va infratuzilmadan samarali foydalanib, qishloq joylarda sanoatni rivojlantirish, ish o‘rinlari ochishda muhim o‘rin tutmoqda. Bugungi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida qiymati 402 million dollarlikdan ziyod 84 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. 313 million dollarlik 55 ta loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish…