Davlatimiz rahbari “MADENA SOLLECTION” MCHJ faoliyati bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari Sergeli-5A mavzesidagi “MADENA SOLLECTION” mas’uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdi. Ushbu tikuvchilik korxonasida tibbiyot xodimlari uchun yiliga 150 ming dona maxsus kiyimlar ishlab chiqarilmoqda. Korxonada shu atrofda yashovchi 100 nafar xotin-qiz ishli bo‘ldi. Prezident ishchi ayollar bilan suhbatlashdi. Ularning oilaviy va mehnat sharoitlari bilan qiziqdi.

Davlat soliq qo‘mitasi imtiyozlardan foydalanish yuzasidan QO‘LLANMA tayyorladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 maydagi  PF-5996-sonli Farmoniga asosan yuridik shaxslar uchun yer va mol-mulk solig‘i imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha joriy yilning 1 iyuniga qadar: – 2020 yil uchun taqdim etilgan yer solig‘i hisob-kitobi; – 2020 yil uchun mol-mulk solig‘i joriy to‘lovi ma’lumotnomasida soliq imtiyozini qo‘llagan holda elektron tarzda aniqlashtirilgan hisobot (ma’lumotnoma) taqdim qilishingiz lozim.…

Investitsion loyihalarni amalga oshirish doirasida Turkiya va Slovakiya korxonalar hamda mahalliy korxonalar ishtirokida onlayn video muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 27 may kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, “Helberto Jizzakh Chemicals” (Turkiya), «Fibro Jiz Yarn» (Slovakiya) qo‘shma korxonalari hamda «O‘zkimyosanoat» AJ hamkorligida onlayn video muloqot uyushtirildi. To‘qimachilik mahsulotlarini bo‘yash va pardozlashda kimyoviy vositalardan innovatsion foydalanishga bag‘ishlangan VKSda 30 ortiq korxonalar ya’ni «Urganch Bahmal», «Fazo-R», «Tantex Group», «Art Soft Tex», “Is-Nur-Qutlan”, “Limax Collection” va boshqa mato bo‘yash…

Yangi kiyim modellarini yaratish bo‘yicha videomuloqot

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 maydagi «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-5989-sonli Farmoni 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, liboslar dizayni va kollektsiyalarini ishlab chiqish xamda ularni tarmoq korxonalariga joriy qilish bo‘yicha tasdiqlangan Ishchi guruh ishtirokida 28 may kuni video konferentsiya tashkil etildi. Konferentsiyada «Osiyo Ramzi» O‘zbekiston Respublikasi…

Videokonferentsiya: Tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar va dizaynerlar diqqatiga!

“O‘zto‘qimachiliksanoat“ uyushmasi tomonidan mahsulot ishlab chiqarishda mavjud muammolarni o‘rganish hamda yangi turdagi liboslarni dizaynini yaratishga ko‘maklashish maqsadida videokonferentsmulokot o‘tkazish rejalashtirilgan. Seminar shaklida o‘tkazilishi kutilayotgan videokonferentsiya joriy yilning 28 may kuni soat 11.00da ZOOM dasturi orqali bo‘lib o‘tadi. Unda qo‘yidagi masalalar ko‘rib chiqiladi: – Yangi dizayndagi kiyim modellarini ishlab chiqarish; – eksport qilishga bo‘lgan talablarini; –…

Onlayn video-konferents-aloqani o‘tkazib yubormang! 

TO‘QIMACHILIK, BO‘YOQ VA TIKUV KORXONALAR RAXBARLARI VA MUTAXASSISLARI DIQQATIGA! Joriy yil 27 may kuni soat 14:00 da to‘qimachlik, bo‘yoq va tikuv korxonalarida ishlatiladigan innovatsion kimyoviy vositalar ishlab chiqaruvchi Turkiyaning «Helbeto Tuketum Urunleri» kompaniyasining Jizzax viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalarida yetishtiriladigan maxsuloti xaqida onlayn video-konferents-aloqa o‘tkaziladi. Ushbu korxona quyidagi maxsulotlar ishlab chiqaradi: – Bo‘yoq maxsulotlarini eritish uchun…

Loyihalarni amalga oshirishda mezonlar belgilab berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 26 may kuni investitsiya masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbirda Investitsiya dasturining joriy yil dastlabki to‘rt oyidagi ijrosi tahlil qilinib, prognoz ko‘rsatkichlarini so‘zsiz bajarish, jumladan, yirik ishlab chiqarish quvvatlari, ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlarini foydalanishga topshirish chora-tadbirlari muhokama etildi. 2020 yilgi Investitsiya dasturiga 3 mingdan ortiq loyiha kiritilgan bo‘lib, ularni amalga oshirish…

Mahsulotlarni eksport qilishda tashish xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risida ma’lumot

Joriy yilning 15 maydagi hudud va tarmoqlarda eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy ishlovchi Respublika komissiyasining bayoni bilan “Mahsulotlarni eksport qilishda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qisman kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi tasdiqlangan. Ushbu Nizom mahsulotlarni eksportga tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilishga…

O‘zbekiston aholining niqoblarga bo‘lgan ehtiyojini qopladi

Dunyo miqyosida COVID 19 pandemiyasining tarqalishi munosabati bilan, aksariyat davlatlar aholi uchun himoya niqoblari va vositalarini yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Hatto, dunyoning “ishlab chiqarish markazi“ bo‘lgan Xitoy ham virus tarqalishning dastlabki kunlarida himoya vositalarini import qilishga majbur bo‘ldi. O‘zbekistonda aholini niqoblar bilan ta’minlash masalasi ustuvor vazifaga aylandi. Respublika komissiyasi davlat rahbarining topshirig‘iga…

Kattaqo‘rg‘onga qariyb 7,7 mlrd. so‘mlik traktorlar keltirildi

Paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda sohaga innovatsion asosda yondashilmoqda. Shu maqsadda qishloq xo‘jaligi texnika vositalari parkini zamonaviy texnikalar asosida shakllantirishga alohida e’tibor qaratilyapti. Yaqinda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumaniga “AMINA GOLD INBEST” MCHJ tomonidan 20 dona umumiy qiymati 7 milliard 651 million 626 ming so‘mlik zamonaviy haydov traktorlari keltirildi. Kezi kelganda ta’kidlash lozimki,…