Xitoyning AVIC kompaniyasi Qashqadaryoda To‘qimachilik o‘quv va ilmiy markazini tashkil etish loyihasini taqdim etdi

Shu yilning 30 aprel “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati va AVIC International kompaniyasining Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyodagi Bosh vakolatxonasi rahbari Sin Men hamda AEPAC vitse-prezidenti Vang Runlan o‘rtasida videokonferentsiya tashkil etildi va O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati uchun kadrlar tayyorlashda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xitoylik mutaxassislar Qashqadaryo viloyatida To‘qimachilik o‘quv-ilmiy markazini tashkil qilish bo‘yicha loyiha taqdimotini o‘tkazishdi. Ushbu loyihada markazning qo‘rilishidan to jihozlashigacha bo‘lgan jarayon…

“Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati doirasida Surxondaryoda 400 ta kishi ish bilan ta’minlandi

Avval xabar berganimizdek 22 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatini yo‘lga qo‘yish tashabbusi Davlat rahbari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi, davlatimiz va xalqimiz birligini namoyon etgani ta’kidlandi. Misol tariqasida, Namangan viloyatida joylashgan “Art Soft Teks Klaster“ MCHJ ning 3000 dan ziyod oilalarni otaliqqa olgani…

Shavkat Mirziyoyev: yurtdoshlarimiz chinakam sabr-toqat va mas’uliyat, mehr-oqibat fazilatlarini namoyon etmoqda

Prezident raisligida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlash va narx-navo barqarorligini saqlash masalalari bo‘yicha selektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Jumladan, Davlat rahbari qo‘yidagilarni ta’kidladi: — Respublikamizda sanitariya-epidemiologik vaziyat asta-sekin barqarorlashib borayotganini hisobga olib, mutaxassislar bilan maslahatlashgan holda, karantindan bosqichma-bosqich chiqish bo‘yicha navbatdagi qadamlarni qo‘yish vaqti keldi. Chunki hayot davom etmoqda. Birinchidan, sanitariya-epidemiologiya holatining ijobiy dinamikasi, ob-havo sharoiti…

O‘zbekistonda eksport faoliyatini moliyalashtirish

O‘zbekistonda eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish, xususan, eksport oldi kreditlari berish hamda eksport faoliyatini sug‘urtalash maqsadida moliya va kapital bozorlarini yanada rivojlantirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda eksport qiluvchi kompaniyalarning eksport faoliyatlarini moliyalashtirishning yagona manbai bank kreditlari bo‘lib qolmoqda. Tijorat banklari tomonidan savdo kreditlari bilan bir qatorda aylanma mablag‘larini to‘ldirish (xomashyo va materiallar,…

To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 aprel kuni to‘qimachilik sanoati barqarorligini ta’minlash, pandemiyaning sohaga ta’sirini yumshatish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Mamlakatimiz to‘qimachilik sanoatida 2 mingdan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda, ularda 365 ming nafar aholi ishlaydi. Sohaning eksport salohiyati so‘nggi 3 yilda 2 baravar oshdi. O‘tgan yili bu boradagi ko‘rsatkich 1,6 milliard dollarni tashkil etdi. Lekin…

“Baxt tekstil” tomonidan mehr-muruvvat tadbiri

Yurtimizda epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun davlatimiz Rahbari boshchiligida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Eng avvalo, yordamga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash — ya’ni qarovchisi yo‘q qariyalar, nogironlar, kam daromadli oilalar, bemorlar holidan xabar olish, ularga ushbu qiyin kunlardan eson-omon chiqib olishiga ko‘maklashish maqsadida turli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan iqtisodiyotni, tadbirkorlarni, endigina…

📣Hurmatli to‘qimachilik korxonalari!

Xabaringiz bor, joriy yilning 30 martdan boshlab Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlararo transport qatnovi koronavirus pandemiyasini tarqalishini oldini olish maqsadida vaqtinchalik to‘xtatilgan. Respublika Maxsus Komissiyasining Qaroriga ko‘ra tibbiy himoya vositalarini ishlab chiqaruvchi va sotuvchi korxonalar maxsus stiker orqali avtotransportdan foydalanish huquqiga ega. “O‘zto‘qimachiliksanoat“ uyushmasi himoya vositalarini ishlab chiqarishda uzilishlar oldini olish hamda Davlat xizmatlari markaziga…