Davlat rahbari yangi to‘qimachilik korxonasini borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi “Real Teks Tashkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi. Qiymati 50 million dollar bo‘lgan mazkur korxona shu yil may oyida ishga tushirilgan. Zamonaviy uskunalar o‘rnatilib, ip-kalava, mato va tayyor to‘qimachilik tovarlari ishlab chiqarish, bo‘yash va gul bosish yo‘lga qo‘yilgan. O‘tgan qisqa vaqt mobaynida 390 milliard so‘mlik mahsulot tayyorlanib, 19 million…

Orolbo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida (keyingi o‘rinlarda – Orolbo‘yi mintaqasi) tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni va yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish orqali hududga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021 yil 20 avgust…

🔷OSTEX Jizzax korxonasi Zomin tumani ijtimoiy xayotini rivojlantirishga o‘z xissasini qo‘shmoqda

🔶OSTEX Jizzax korxonasi og‘ir hududlardan biridagi aholi sharoitlarini yaxshilab mavjud infrastrukturani rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda 🔶Prezidentimizning chekka qishloq, tumanlarda aholi turmush tarzini yaxshilash, ayniqsa ta’lim tizimini rivojlantirish hususan zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarini, barpo etishga bo‘lgan e’tibori natijasiga yaqqol misol bo‘la oluvchi MTMda endi bolalarni har tomonlama barkamol tarbiyalash, maktabga tayyorlash uchun barcha sharoitlar bor. 🔶Oq…

Respublika To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida so‘ngi 10 oydagi eksport, investitsiya hamda tashqi faoliyat xususida brifing bo‘lib o‘tdi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Matbuot xizmati raxbarining Respublika To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida so‘ngi 10 oyda eksport, investitsiya hamda tashqi faoliyat xususida brifing bo‘lib o‘tdi. Xususan brifingda, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida sanoat korxonalarining faoliyati natijalari va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini tashqi bozorda keng tadbiq qilishda olib borilayotgan ishlar xaqida ma’lumot berildi. 2021 yil 10 oyi yakuniga…

2000 nafar fuqaro uchun ishchi o‘rni yaratiladi

Andijon tumanidagi “VODIY KLASTER-TEKSTIL” MCHJ tomonidan tekstil fabrikasi qurish ishlari boshlandi. Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov mazkur hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishib. tavsiya va ko‘rsatmalar berdi. Loyiha qiymati 64 milliard so‘mni tashkil etgan mazkur korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 16.1 million AQSh dollarini, eksport salohiyati esa 12.8 million AQSh dollarini tashkil etadi. Korxonada…

Urganch shahrida yana bitta yirik korxona ish boshlaydi

Xorazm viloyatining Urganch shahridagi “Ko‘hna diyor tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarshali trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan korxona ishga tushirilish arafasida. Umumiy loyiha qiymati 37,3 milliard so‘mni tashkil qiladigan korxonaga uskuna va jihozlar Xitoydan keltirib, o‘rnatildi. Bu yerda mahalliy xomashyo — paxta tolasidan yuzdan ortiq turdagi trikotaj mahsulotlari tikilib, mahalliy va xorij bozorlariga yetkazib beriladi. Yillik…

O‘zbekiston elchisi Hindiston to‘qimachilik vazirining o‘rinbosari bilan to‘qimachilik sanoati sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston elchisi Dilshod Axatov Hindiston to‘qimachilik vazirining o‘rinbosari Upendra Prasad Singx bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. Uchrashuvda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida to‘qimachilik va ipakchilik sohalaridagi hamkorlik masalalarining joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi. O‘zbekistonda to‘qimachilik va ipakchilik sohalari rivoji yo‘lida so‘nggi yillarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi «GSP+»…

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish uchun beg‘arazlik asosida 5 trln so‘m ajratiladi

O‘zbekiston prezidenti imzolagan qarorga muvofiq 2022 yilgi hosildan boshlab paxta xomashyosini yetishtirish va paxtani terib olish Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi joriy etilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bog‘liq tadbirlarni uzluksiz moliyalashtirish uchun 2022 yilda Jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan 5 trillion so‘m beg‘araz moliyaviy yordam hamda Jamg‘armaning asoslangan…

2021 yilning 10 oyi uchun QQSni qaytarish

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yanvar-oktyabr oylari davomida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining 652 ta korxonasiga jami 2 490 milliard so‘mlik QQS qaytarilgan. Hududlar kesimida eng katta ulush Farg‘ona viloyatiga to‘g‘ri keladi: 67 ta korxonaga 350,9 mlrd.so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘i qaytarildi. Bundan tashqari, Andijon viloyatida – 128 ta korxonada jami 338,8 mlrd.so‘mlik va…

🇺🇿🇩🇪 Germaniya kompaniyalari O‘zbekistonda investitsiya loyihasi amalga oshiradi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va va Langheinrich Vertriebs GmbH kompaniyasi o‘rtasida yangi investitsion loyiha amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Langheinrich Vertriebs GmbH 28 sentyabrda O‘zbekistonga tashrif buyurgan va «O‘zto‘qimachiliksanoat» raisi I.Xaydarov bilan uchrashgan edi. Ayni damda ushbu korxona O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ip kalavadan foydalanadi va sifatli mato ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Kelishuvga asosan kompaniya O‘zbekistonda tayyor mahsulot…