O‘zbekiston eng yaxshi paxta yetishtirishni davom etmoqda

Eng qadimgi onlayn yangiliklar platformalaridan biri bo‘lgan Triple Pundit so‘nggi yillarda paxta va to‘qimachilik sanoatining jadal rivojlanishi tarixi va O‘zbekistonda Better Cotton tashabbusining ishga tushirilishi haqida maqolasini taqdim etdi. Majburiy mehnatdan “paxta boykoti” ni bekor qilishgacha, klaster tizimi yaratilishidan Better Cotton dasturini ishga tushirishgacha. Maqolada O‘zbekistonning zamonaviy paxta-to‘qimachilik sanoati shakllanishining barcha bosqichlari, shuningdek, Better Cotton…

Pokiston o‘zbek to‘qimachiligiga raqibmi yoki hamkor?

Pokiston yillik 31 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini asosan Yevropa va AQSh bozorlariga eksport qiladigan hamda to‘qimachilik sanoati keng rivojlangan eng yirik to‘qimachilik davlatlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat GSP+ tizimiga ham ega, global ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilgan va mashhur brendlarga maxsulot yetkazib beradi. Pokiston bilan ikki tomonlama sohadigi manfaatli hamkorlik o‘zbek to‘qimachilik sanoatiga qanday…

Bangladesh kiyim narxlarida eng raqobatbardosh: USFIA tadqiqoti

AQSh moda sanoati assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, joriy yilda Vetnamning narh raqobatbardoshligi pasaygan bo‘lsada, Bangladesh kiyim-kechak ishlab chiqaruvchi davlatlar orasida narxlar bo‘yicha dunyodagi eng raqobatbardosh davlati bo‘lib qolmoqda, Unda ta’kidlanishicha, Bangladeshning ijtimoiy va mehnat qonunchiligiga muvofiqlik ko‘rsatkichi Rana Plaza fojiasidan so‘ng Bangladesh tikuvchilik sanoatida ijtimoiy mas’uliyat amaliyotini yaxshilash bo‘yicha turli manfaatdor tomonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari…

Messe Frankfurt global to‘qimachilik barqarorligi uchun “Econogy” ni ishga tushirdi

Texpertise Network Messe Frankfurt butun dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq to‘qimachilik ko‘rgazmalarida mavjud barqarorlik tashabbuslarini qayta ko‘rib chiqish orqali barqarorlikka e’tiborini kuchaytirmoqda. To‘qimachilik tadbirlari yangi umumiy o‘ziga xoslikka ega bo‘ladi va barqaror rivojlanishga ko‘proq e’tibor qaratadi, uni global to‘qimachilik sanoatining muhim omili va harakatlantiruvchi kuchi sifatida ta’kidlaydi. Yangi kiritilgan “Econogy” atamasi iqtisodiyot va ekologiyaning uyg‘unligini…

Hugo Boss nemis brendining savdosi 2023 yilning ikkinchi choragida 20 foizga o‘sdi

Hugo Boss 2023 yilining ikkinchi choragida valyutaga sozlangan sotuvlar hajmi yiliga 20 foizga oshib, 2022 yilning shu davridagi 878 mln yevroga nisbatan 1 mlrd yevroga yetganini xabar qildi. Hugo Boss o‘z strategiyasini chakana savdo sohasida ham muvaffaqiyatli amalga oshirib, o‘tgan yilga nisbatan daromadni 17 foizga oshirdi. Bu ko‘rsatkichlar jismoniy shaxslar tomonidan ulgurji savdoda o‘z aksini…

Qirg‘izistonning Qora-Suv tumanida sanoat-logistika parki ochiladi

Qirg‘iziston janubi-g‘arbidagi O‘sh viloyatining Qora-Suv tumanida “EuroAsia Group” sanoat-logistika parki qurilmoqda. Qurilish ishlari 70 foiz bajarilgan. Bu yerda trikotaj mato, trikotaj mahsulotlar va ip-kalava tayyorlash bo‘yicha uchta ishlab chiqarish maydonlari faoliyat yuritadi. Yillik ishlab chiqarish quvvati 2,1 mln dona va 2,6 mln dollarlik eksportbop tikuvchilik fabrikasi yil oxirida ishga tushirilib, 800 ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.…

Nemis sifati barcha narsada

Nemis sifati butun dunyoga ma’lum. Ushbu fikr o‘z ishlab chiqaruvchilari, brendlari va reteylelari bilan tanilgan Germaniyaning to‘qimachilik mahsulotlariga ham tegishli. Germaniyada oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarishdan keyin ikkinchi yirik sanoat bo‘lgan Germaniya to‘qimachilik sanoatida 120 000 dan ortiq odam jalb etilgan. Nemis to‘qimachiligiga ish kiyimlari, sport kiyimlari, turli xil uy matolari va choyshablar kiradi. Germaniyadagi…

Bangladesh to‘qimachilik sanoati ishchilarining unumdorgili yuqori

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi delegatsiya mahalliy to‘qimachilik kompaniyalari bilan birgalikda Bangladesh Xalq Respublikasiga tashrifini davom ettirmoqda. Bangladeshning jahon brendlari va reteylerlari bilan ishlashda katta tajribasini inobatga olgan holda, tashrif davomida Micro Trims LTD, Micro Fiber Group, Masco Industrial LTD, BKMEA, Plummy Fashions LTD, Energypac Fashions LTD va Debonair Group kabi yirik to‘qimachilik fabrikalari kabi yirik to‘qimachilik…

Bangladesh 50 mlrd eksportga qanday chiqqan? O‘zbek tadbirkorlari hamkasblar tajribasini o‘rganishadi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish doirasida tajriba va ishlab chiqarish ko‘nikmalarini almashish maqsadida 10 dan ortiq O‘zbekiston korxonalari uchun Bangladeshga ikkinchi biznes-missiyani tashkil etdi. Biznes-missiya 28 iyuldan 2 avgustgacha davom etib, uning davomida O‘zbekiston korxonalari «Youngone», «Inditex» (Bangladeshda), «Renaissance Group» va «BGMEA» Bangladesh kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilari va eksportyorlari uyushmasi hamda «Beximco Group» vakillari…

“Eye of Ra” yangi yetkazib beruvchilarni topish yo‘lida O‘zbekistondagi tashrifi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan Yevropa Ittifoqi va AQShning to‘qimachilik kompaniyalari, shu jumladan «Walmart», «GAP», «PVH», «NJX», «Nike», «Ross», «Levis’», «VF», «Ralph Lauren» va «Li&Fung» bilan hamkorlik qilish va ularga yetkazib beruvchilarni tanlab berishda 20 yildan ortiq tajribaga ega Misrning sorsing kompaniyasining ishchi tashrifi tashkil etildi. Tashrif davomida uyushma rahbariyati bilan muzokaralarda Misrning «Danial Hechter», «Tie House»,…