Huquqshunos burchagi: IMTIYOZ VA IMKONIYAT ESHIGI

Hammamiz sevib tomosha qiladigan bir film bor. Necha yillardir-ki, sayqalini, mazmunini yo‘qotmaydi. Bu «Mahallada duv-duv gap» filmidir. Oramizda bu kinoni qiziqib ko‘rmagan, so‘zlari yod bo‘lib ketsada, qayta-qayta tomosha qilmaydiganlar topilmasa kerak. Filmdagi bir epizodni eslatamiz. Bosh qahramon Umarning sevgan qizi bo‘lajak qaynotasiga shartta-shartta kamchiliklarini aytadi. Shunda qaynota qizga qarata: «Yaxshiyam yengil kavaleriya ekansizlar…», deydi ensasi qotib…. Bu…

To‘qimachilik korxonalariga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi “Eksport faoliyatini yanada ko‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4707-sonli qaroriga muvofiq, mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizgacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladigan mahsulotlar ro‘yxati tasdiqlangan. Shuningdek, mazkur qaror bilan Hududlar va tarmoqlar eksport salohiyatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi Respublika…

“NAFOSAT — 2020”: xalq amaliy san’ati ko‘rgazmasi, podium va modalar namoyishi

Ko‘hna va hamisha navqiron Buxoroda puxta tayyorgarlik va uyushqoqlik bilan tashkil etilgan “NAFOSAT — 2020” festivalining dastlabki kunida poytaxt hamda viloyatlardan tashrif buyurgan mehmonlar, viloyatimizning mohir chevarlari, milliy liboslar dizaynerlari, soha mutasaddilari ishtirokida «SAHID ZARAFSHON” mehmonxonasida “Buxoro milliy liboslari tarixi” modalar namoyishi ochildi.   Unda respublika “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi dizayn bo‘limi boshlig‘i Kamola G‘ulomova yig‘ilganlarga batafsil…

Quyi Chirchiqda indigoferadan tabiiy bo‘yoq olindi

❇️“TST Cluster” klasterining 80 gektar maydonida parvarishlangan indigoferaning “Feruz-1” navi Quyi Chirchiq tuproq-iqlimiga to‘liq moslashdi. Birinchi yilning o‘zida tabiiy rang manbai bo‘lmish ushbu o‘simlikdan pigmentli bo‘yoq olishga muvaffaq bo‘lindi. 🔰Ma’lumotlarga qaraganda jahon bozorida jinsi matosi bo‘yaladigan indigo kukunining bir kilogrami 60 dollardan 240 dollargacha baholanmoqda. Ana shunday xaridorgir va qimmatbaho mahsulot ishlab chiqarish uchun “TST…

Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat inspektsiyasi sohasidagi ikkita konventsiyasi O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi

19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi uchun Xalqaro mehnat tashkilotining «Sanoat va savdoda mehnat inspektsiyasi to‘g‘risida»gi 81-sonli (Jeneva, 1947 yil 11 iyul) va «Qishloq xo‘jaligida mehnat inspektsiyasi to‘g‘risida»gi 129-sonli (Jeneva, 1969 yil 25 iyun) konventsiyalari kuchga kirdi. Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, hozirda ushbu xalqaro shartnomalarda tegishlicha 148 va 54 ta davlat ishtirok etmoqda. Konventsiyalar sanoat, savdo…

«Nafosat» festivaliga so‘nggi tayyorgarlik

20-22 noyabr kunlari Buxoro shahrida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tashabbusi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi va hamkor tashkilotlar ko‘magida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan «Nafosat» festivali bo‘lib o‘tadi. Hozirda, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi vakillari ushbu Festival ochilish marosimiga qizg‘in tayyorgarlik qilmoqdalar. Festivalning dastlabki kunida «Sahid…

Dizaynerlar va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchilar diqqatiga!

Italiyaning «Audaces360» dasturiy ta’minotining taqdimotiga taklif etamiz! To‘qimachilik sanoatiga Italiyaning moda sohasidagi ilg‘or tajribasi, nou-xaulari va innovatsion texnologiyalarini jalb qilish maqsadida, O‘zbekistonning Rimdagi elchixonasi «Studio61» kompaniyasi va «Uztukimachiliksanoat» uyushmasi bilan birgalikda joriy yilning 20 noyabrida videokonferentsiya formatida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga taklif etadi. Tadbir soat 15.00 da (Toshkent vaqti bilan) ZOOM platformasi orqali o‘tkaziladi. Uchrashuvdan maqsad – «Audaces360» …

Senat raisi Tanzila Norboyeva “Shomanay eco teks” faoliyati bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi T.Norboyeva Qoraqalpog‘iston Respublikasining Shumanay, Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlarida bo‘lib, davlatimiz rahbarining Orolbo‘yiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan majlis bayonining ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Senat raisi dastlab Shumanay tumanidagi “SHomanay eco teks» mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi. Qiymati 21 million AQSh dollari bo‘lgan ushbu loyiha…

Davron Abdujalolovich Vaxabov nomzodi – «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosarligiga ma’qullandi

Davlatimiz Rahbari tomonidan sanoat tashkilotlariga yosh va malakali, shu bilan birga sohada muayyan yutuqlarga erishgan yirik korxona vakillariga ishonch bildirilib, rahbarlik lavozimlariga jalb qilish lozimligi ta’kidlanmoqda. Shu munosabat bilan Vaxabov Davron Abdujalolovich nomzodi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasiga ma’qullandi va bu taklif Prezidentimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. D.Vaxabov – yosh va malakali, to‘qimachilik sanoatida loyihalarni shakllantirish, texnologik jihatdan mukammallashtirish…

Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzda zamonaviy ip-yigiruv korxonasi bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 12 noyabr kuni Qashqadaryoga keldi. Davlat rahbari viloyatga safarini Shahrisabz shahridagi Oqsaroy Vortex mas’uliyati cheklangan jamiyatda sintetik aralashmali ip va mato ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdan boshladi. Bu yerda Oqsaroy Group kompaniyasi tarkibiga kiruvchi Shahrisabz Textile va…