Buxoro viloyatida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati

Viloyatda 420 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari mavjud bo‘lib, yiliga 63,4 ming tonna ip kalava, 205,5 mln.kv.m.ip gazlama (respublikada eng ko‘p), 3,4 ming tn. trikotaj mato va momiq mato, 1,7 mln.juft paypoq mahsulotlari, 30,1 mln.dona tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega hamda mavjud ish o‘rinlari 18 700 tani tashkil etadi. 2020 yilda 13…

Ip-kalava eksportiga cheklov o‘rnatilishi mumkin(mi)?

Shu kunlarda to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan ichki bozorda ip kalavaga bo‘lgan talab o‘sib borayotgani va narxlar xam mutanosib ravishda oshishi haqida bahslar bormoqda. Ushbu vaziyatni to‘liq nazorat qilish va eksport kontraktlarini o‘z vaqtida amalga oshirish masalalari joriy yilning 20 yanvar kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va yirik tarmoq korxonalari ishtirokida bo‘lib utgan onlayn uchrashuvda muhokama qilindi. Uchrashuvda…

Davlatimiz rahbari yirik klasterning to‘qimachilik korxonasini borib ko‘rdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bukhara Cotton Textile” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Buxorodagi «BCT Cluster» paxta-to‘qimachilik klasteri mamlakatimizda eng birinchi tuzilganlardan. U davlatimiz rahbarining 2017 yil 19 maydagi qaroriga asosan tashkil etilgan. Bugungi kunda mazkur klaster paxta yetishtirishdan tortib uni chuqur qayta ishlashgacha bo‘lgan barcha texnologik jarayonlarni yaxshi o‘zlashtirgan. Xususan, Romitan tumanidagi 8 ming gektar maydonda paxta…

Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar

Ma’lumki, 2020 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir strategik maqsadlar qamrab olingan bo‘lib, uzoq muddatli ustuvor vazifalar ta’kidlab o‘tildi. Murojaatnomaning asl mazmun-mohiyatini «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimi rahbar va xodimlariga to‘liq yetkazish yetkazish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiyani instituti dekani Umarov…

Nima uchun kalava – iplarning narxi oshmoqda?

O‘zbekistonda paxta-to‘qimachilik klasterlari va kooperativlari tizimi yaratildi va muvaffaqiyatli ishlamoqda, ular tomonidan fermerlar bilan shartnomaviy munosabatlar doirasida 2020 yilda 2,7 million tonna paxta (yoki 1 million tonnaga yaqin paxta tolasi) yetishtirildi. Respublikada 155 ta yigiruv fabrikasi mavjud bo‘lib, ulardan 89 tasi klaster tizimida ishlaydi. 2020 yil 31 dekabr holatiga fermer xo‘jaliklari oldidagi qarzdorlikni o‘z vaqtida…

“Fratelli Casa” brendi asoschisi Shuxrat Qayumov bilan intervyu

— “Fratelli Casa” hozirda butun O‘zbekistonda ommabop o‘zgacha uslubda va alohida dizaynga xos yoshlar uchun trend hisoblangan brend hisoblanadi. Qisqa vaqt ichida ushbu brend o‘z iste’molchisini topishga ulgurdi. Korxonaning tashkil etilish tarixi qanday kechgan? “Fratelli Casa” brendi shu darajaga erishguncha nimalardan o‘tdi? — Brendimiz 2006 yili tashkil etilgan. 3 yil faqat buyurtma asosida ishlab kelganmiz.…

«Nafosat» festivali Xivada

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash komissiyasi tashabbusiga binoan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi, Yosh dizaynerlar Kengashi va hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2021 yilning 14-16 yanvar kunlari Xiva shahrida aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatini yanada rivojlantirishga qaratilgan «Nafosat» festivali o‘tkazilmoqda. Xususan, ijtimoiy hayotda ayollarning o‘rni ortib borgan sari ularning…

O‘zbekiston Prezidentiga joriy yilda amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari taqdim etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatidan qaytib kelgach, investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. Davlatimiz rahbari matbuot xizmati manbasiga ko‘ra, dastlab 2021 yilda tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan yirik investitsiya loyihalari to‘g‘risida ma’lumot berildi. Mamlakatimizda zamonaviy texnologiyalarni jalb etgan holda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilmoqda.…

Janubiy Koreya Prezidenti O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini tuzishni tezlashtirishni tasdiqladi

Janubiy Koreya O‘zbekiston bilan Erkin savdo shartnomasini (ESSh) tuzish bo‘yicha ishlarni tezlashtiradi. Bu haqda Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In o‘zining koreys xalqiga yo‘llagan Yangi yil murojaatida ma’lum qildi. «Biz Filippin, Kambodja va O‘zbekiston bilan ESSh muzokaralarini tezlashtirish orqali Yangi Janubiy va Yangi Shimoliy siyosat bo‘yicha almashinuv va hamkorlikni kengaytiramiz»,—dedi Koreya Respublikasi Prezidenti. Eslatib o‘tamiz,…

«Nafosat» festivali doirasida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun, 12 yanvar kuni «Nafosat» festivali doirasida yosh dizaynerlar va soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi mutaxassislari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari va yosh dizaynerlar so‘zga chiqdi. Tadbirda yetakchi o‘zbek brendlari, kiyinish madaniyatini milliy…