Xushxabar: Farg‘onada uchta tuman paxta rejasini bajardi

Farg‘ona viloyatining Rishton, Buvayda va Uchko‘prik tumani birinchilardan bo‘lib, paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajardi. Rishtonlik paxtakorlar 16 ming 700 tonna xirmon yaratib, o‘z oldiga qo‘ygan rejani yorug‘ yuz bilan bajardi. Viloyatda ilk bor klaster tashkil etgan “Rus-Oʻzbek teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati o‘tgan uch yilda paxtachilikda katta tajriba to‘pladi. Bu yilgi mo‘l hosil ham buni yaqqol…

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlari rag‘batlantirildi

O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Uchtepa tumani hokimiyati tomonidan tumandagi bir guruh o‘rnak ko‘rsatayotgan soha xodimlari rag‘batlantirildi Yurtimizda Ustoz va murabbiylarga ehtirom ko‘rsatish, ularni e’zozlash, ijtimoiy imtiyozlar yaratish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda har yili 1 oktyabr kuni «Ustozlar va murabbiylar kuni», deb belgilanib, shu kunda xalqimiz bayram qilib, ustozlarga ko‘proq hurmat-izzat ko‘rsatadilar,…

O‘zbekiston Tojikistondan paxta tolasini qay tartibda sotib olishi ma’lum qilindi

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Dushanbe shahrida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 7-yig‘ilishida ishtirok etdi. Yig‘ilishdan so‘ng har ikki davlatning tegishli vazirliklari, idoralari va tadbirkorlari ishtirokida beznes forum bo‘lib o‘tdi. Forumdan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov OAV uchun intervyu berdi. — Tojikiston bilan…

Korxonalarda xalqaro standartlar manzilli joriy qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 sentyabr kuni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimidagi islohotlar natijadorligi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Mahsulotlar sifati va raqobatdoshligini oshirish uchun milliy standartlarni jahon talablariga moslashtirish hamda korxonalarga joriy qilish juda muhim hisoblanadi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda standartlarning 43 foizi xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirilib, ularning soni 12 mingtaga yetkazildi. Bunday…

Chiroqchilik qiz imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay kuniga bir tsentnerdan ziyod paxta termoqda

Chiroqchi tumanida istiqomat qiluvchi, jismoniy imkoniyatlari cheklangan Gulchehra Qipchoqova ayni kunlarda Mirishkor tumani dalalarida paxta terib, o‘z oilaviy daromadini oshirishga harakat qilmoqda. U baxtsiz xodisa sabab bir qo‘lidan ayrilgan. Shunga qaramasdan bir qo‘lida kuniga 100-120 kilogramgacha paxta terib, xirmonga topshirmoqda. Gulchehra shu yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali talabasi bo‘libdi. Davlat granti…

Aholini kasb-hunarga o‘qitish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi  “kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o‘qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4804-son qaroriga asosan Olmazor yengil sanoat kollejida aholini kasb-hunarga o‘qitish maqsadida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida tikuvchilik, buxgalteriya,…

1 oktyabrdan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar kuchga kiradi?

Alohida soliq va bojxona imtiyozlari bekor bo‘lmoqda 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradigan «Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish to‘g‘risida»gi 6011-sonli Prezident farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslardan sotib olinadigan ishlar (xizmatlar) uchun QQS bo‘yicha berilgan imtiyozlar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasalar orqali faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar — norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar (xizmatlar)ga…

Shahrixonlik fermer tumanda birinchi bo‘lib paxta rejasini bajardi

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Turkiston massivida joylashgan Asliddin Abduolimov rahbarligidagi “Ruhshonaxon ulkan xirmoni” fermer xo‘jaligi dehqonlari tumanda birinchi bo‘lib yillik paxta tayyorlash rejasini bajardi. 15,7 gektar maydonda “oq oltin” yetishtirgan xo‘jalik a’zolari davlatga 54 tonna yuqori sifatli hosil topshirdi. Reja birinchi terimdayoq 103 foizga ortig‘i bilan uddalandi.

Amerikaning MCHJ «SILVERLEAFE» kompaniyasi O‘zbekistonda zamonaviy agroklaster modelini ishlab chiqmoqda

2018 yilda Amerikaning Silverleafe International kompaniyasi vakillari prezident Shavkat Mirziyoyev ma’muriyati o‘tkazayotgan islohotlarda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishdi. Kompaniyaning Markaziy Osiyodagi bu mamlakatga qiziqishi uzoq tarixiy aloqalarga borib taqaladi: O‘zbekistonda paxta sanoati endi boshlangan 30-yillarda, keyinchalik 70- va 90-yillarda ham Silverleafe rahbariyatining keksa avlod vakillari mamlakat bilan uzviy munosabatlarni o‘rnatishgan edi. Silverleafe dalalari Bu…

Prezident qarori: O‘zbekistonda 2021 yildan yangicha mehnat migratsiyasi tizimi joriy qilinadi

2021 yildan boshlab O‘zbekistonda tashkillashtirilgan holda xorijga ketishdan oldin fuqarolar majburiy tartibda kasb-hunar va tillarga o‘qitilishi joriy etiladi. Qonuniy mehnat migratsiyasi tashkil etilishi uchun xorijiy davlatlar ish beruvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda maxsus markazlar ochiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Qaror bilan xavfsiz, tartibli va…