Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i Respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hozirgi bosqichida eksport hajmlarini ko‘paytirish orqali makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, tayyor mahsulot yetkazib beruvchilarni qo‘shimcha moliyaviy va tashkiliy rag‘batlantirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida…

Inog‘amov Asqar Akromovich vafoti munosabati bilan hamdardlik

“OQSAROY TEKSTIL JIZZAH” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori Inog‘amov Asqar Akromovich shu yilning 19 oktyabr kuni og‘ir hastalik tufayli bevaqt vafot etdi. A.Inog‘amov tajribali, ilg‘or va yuqori malakali sanoat xodimi sifatida, mustaqillik yillarida mamlakatmizda yengil sanoat tizimini rivojlantiriga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tajribali mutaxassislardan biri edi. Uning bevosita ishtiroki, ishbilarmonligi, tashabbuskorligi, intizomliligi va tadbirkorligini inobatga…

Bugun tug‘ilgan kun! Professor, texnika fanlari doktori Kamilova Xolida Hafizovna qutlug‘ yoshni qarshi olmoqda

Bugun O‘zbekiston Respublikasi to‘qimachilik sanoatining yorqin namoyondasi, xalqaro moda olami vakili, professor Kamilova Xolida Hafizovna qutlug‘ yoshni qarshi olmoqda. Xolida Hafizovna ish faoliyatini «Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat» institutida boshlab, hozirda ushbu oliygohning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor vazifasida mehnat qilib kelmoqda. Ustoz ko‘p yillik ish faoliyati davrida institutning o‘quv jarayonini sifatini ta’minlash borasida ta’lim yo‘nalishlari…

Buloqboshi hokimi paxta rejasini birinchi bajargan fermerga «Nexia-3» sovg‘a qildi

Andijon viloyati Buloqboshi tumani Bakir Rajapov massividagi “Shirmonbuloq faxri” fermer xo‘jaligi paxta topshirish shartnomaviy rejasini tumanda birinchi bo‘lib bajarganligi uchun tuman hokimi O‘tkirbek Mamurov tashabbusi bilan “Shirmonbuloq faxri” fermer xo‘jaligi rahbari Isroilova Muborakxonga “Xo’jaobod FAYZ-M” MCHJ klasteri tomonidan Nexia-3 rusumli avtomashinasi topshirildi. – Bu yil 25,7 gektar yerga chigit ekkan edik. Tinimsiz mehnat, agrotexnik tadbirlarini…

Sardobada zamonaviy korxona ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sardoba Oqsaroy tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. “Oqsaroy klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyat tarkibidagi mazkur korxona yiliga 3,5 million dollarlik tayyor mato va kiyimlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlarni 100 foiz eksport qilish mo‘ljallangan. Turkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish o‘rni yaratilgan. Davlatimiz…

Prezident: Klaster va manfaatdorlik – O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining kelajagi

Sirdaryo viloyatiga safarini davom ettirar ekan, davlatimiz rahbari Oqoltin tumani “Nurafshon orzu bo‘stoni” fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, paxta hosilini ko‘zdan kechirdi. Bu g‘o‘zalarni yetishtirishning o‘zi bo‘lgani yo‘q. Sardoba suv ombori toshqini qishloq xo‘jaligiga ham katta zarar yetkazgan edi. Xususan, Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 20 ming gektarga yaqin ekin maydonini suv bosgandi. Hosilni asrab qolish…

Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 oktyabr kuni intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash juda muhim. Dunyoda tovarlarning brend qiymati yuqori hisoblanadi. Intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada…

“Baoyu” tikuv mashinkalari ishlab chiqarish kompaniyasi tomonidan o‘quv markazi tashkil etildi

“Baoyu” tikuv mashinkalari ishlab chiqarish kompaniyasining Nukus shahrida joylashgan dillerlik markazi tomonidan mazkur texnologik uskunalardan foydalanishni o‘rgatuvchi hamda tikuvchilik kasbiga tayyorlovchi o‘quv markazi tashkil etildi. Ushbu o‘quv markazidagi mashg‘ulotlar xotin-qizlarga 1 oy davomida bepulga tikuvchilik kasbini puxta o‘rgatishni maqsad qilgan. Kursni birtirganlarga sertifikat topshiriladi. Shuningdek, o‘quv kursini muvaffaqiyatli darajada o‘zlashtirgan bitiruvchilarga mukofotlar ham berilishi ko‘zda…

7 oktyabr – Xalqaro paxta kuni

Har yili 7 oktyabr kunini Xalqaro paxta kuni sifatida keng nishonlash an’anaga aylanib bormoqda. Shu kunda o‘tkaziladigan tadbirlar paxtachilikni, paxtani qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, sohada o‘tkaziladigan tadqiqotlar va ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, sohada xalqaro hamkorlikni takomillashtirish va boshqa amaliy choralarni belgilashga qaratilgan. 2019 yilning 7 oktyabrida Jahon savdo tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti…

“Silverleaf” va “Indorama” kompaniyalari rahbariyati bilan muzokara o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov mamlakatimizda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan bir qator xorijiy investorlar bilan xususan, “Silverleaf International” kompaniyasi asoschisi Den Patterson va “Indorama” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Alok Loxiya bilan videokonferentsiya orqali muzokara o‘tkazdi. D.Patterson bilan kechgan muloqot chog‘ida Jizzax viloyati Paxtakor tumanidagi paxta klasterining joriy faoliyatiga…