«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida sanoat tashkilotlari ichida eng birinchi bo‘lib ISO 9001:2015 xalqaro standartlarini joriy qildi

1 mart kuni UZ-KOR TEXTILE TECHNOPARKda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda, «O‘zstandart» agentligi raisi, Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi mutasaddilari, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, xalqaro sertifikatsiya kompaniyalari Hohenstein, SGS kompaniyalari vakillari va to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari mas’ul xodimlari qatnashishdi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad – xalqaro standartlar va sertifikatsiyalarni to‘qimachilik korxonalarida joriy qilish va shu…

Mahsulot sertifikatsiyasi va eksportini oshirish

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida «Mahsulot sertifikatsiyasi va eksportini oshirish» mavzusida seminar va brifing bo‘lib o‘tdi. Ma’lumki Prezidentimiz tomonidan to‘qimachilik sanoati respublika iqtisodiyotining muhim drayverlaridan biri etib belgilangan. Bunga sohada so‘ngi yillarda erishilgan yutuqlar, sanoat korxonalarini tubdan isloh qilinishi, ishlab chiqarish va eksport ko‘rsatgichlarining o‘sish suratlari oshishi, respublikaning barcha hududlarida to‘qimachilik va tikuv trikotaj korxonalarining tashkil etilishi va…

Ip yigiruv korxonalari va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati bilan ochiq suhbat

To‘qimachilik sanoatida ip yigiruv fabrikalari muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Aynan ip kalavaning sifati keyingi qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar sifatiga katta ta’sir o‘tkazadi. Hozirgi kunda Uyushmaga 152 ta ip yigiruv korxonalari mavjud va ular respublikada ishlab chiqarilayotgan paxta tolasini katta qismini qayta ishlash imkoniyatiga ega. Uyushmada bo‘lib o‘tgan uchrashuv mobaynida yirik ip yigiruv fabrikalari rahbarlari bilan ochiq…

TO‘QIMACHILIK KORXONALARI BILAN KOOPERATSIYa ALOQALARI KENGAYTIRILADI

“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi I. Haydarov Namangan viloyatidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv chog‘ida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov bilan ventilyatsiya tizimlarini to‘qimachilik sanoati korxonalariga yetkazib berish bo‘yicha kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Muloqot aynan yirik ishlab chiqarish ob’yektlaridan biri hisoblangan «VEN-CON AIR ENGINEERING» xususiy korxonasida amalga oshirildi. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi M.Yunusov va “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisi I. Haydarov…

O‘zbekiston Qozog‘istonga kiyim-kechak etkazib berishda Rossiyani ortda qoldirdi

2020 yilda Qozog‘istonga 77,2 ming tonna kiyim-kechak olib kirildi, deb xabar beradi LS. Ushbu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 27,2 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, import qilingan kiyimlarning umumiy qiymati 626,3 million dollarni tashkil etdi. Eng katta hajm Xitoydan sotib olingan. Ushbu mamlakat 194,5 million dollarga 44,6 ming tonna (o‘sish 44,1 foiz) ushbu mahsulotni yetkazib bergan.…

Amerikaning FNL Network kanali orqali xalkaro raqamli modalar xaftaligi (IDFW)ning kuz-qish 2021/2022 mavsumi start oldi

25 fevral 2021 yil  kunlari Amerikaning FNL Network kanali orqali xalkaro raqamli  modalar xaftaligi (IDFW)ning kuz-qish 2021/2022 mavsumi start oldi. Bu raqamli moda xaftaligi butun dunyo bo‘ylab Roku TV, Amazon Fire TV, Apple TV, Android qurilmalari va IOS qurilmalari orqali FNL NETWORK platformasida namoyish etildi va ushbu platformada 6 oy mobaynida translyatsiya qilinadi. Dunyoning 150…

“Nafosat” festivali doirasida yosh dizaynerlar va soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

24 fevral kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Nafosat” festivali doirasida yosh dizaynerlar va soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mutaxassislari, institut professor-o‘qituvchilari, talabalar, soha mutaxassislari va yosh dizaynerlar so‘zga chiqdi. Tadbir avvalida…

❗️Ommaviy axborot vositalari diqqatiga!

🔹 «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan joriy yilning 🕑 1 mart kuni soat 14:00 da O‘zbekiston-Koreya to‘qimachilik texnoparki binosida «Xalqaro standartlarni joriy qilish va mahsulot eksportini oshirish» mavzusida tadbir tashkil etilmoqda. Tadbirda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi, «Uzstandart» agentligi rahbariyati, Vazirlar Mahkamasi, Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati, xalqaro sertifikatsiya kompaniyalari vakillari va to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari…

Belorussiyaning «Svitanak» korxonasi uchun biznes tur

Mamlakatimiz to‘qimachilik mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 24 fevral kuni «Svitanak» OAJ (Belorussiya) vakillari O‘zbekistonga korxona direktori Yuriy Lukashevich boshchiligidagi delegatsiya ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Belorussiya kompaniyasi vakillari tashrifining asosiy maqsadi to‘qimachilik sanoatining yetakchi mahalliy ishlab chiqaruvchilardan ip kalava mahsulotlarini sotib olishdir. Shu munosabat bilan 26 fevral kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi mehmonlarni so‘ralgan mahsulotlar…

O‘zbekiston Yevropaga to‘qimachilik mahsulotlarini muhim yetkazib beruvchisi bo‘lishi mumkin

Yevropa Ittifoqining qator yirik chakana savdo do‘konlari va kiyim-kechak brendlari O‘zbekistondagi to‘qimachilik kompaniyalari bilan hamkorlik qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqdalar. O‘zbekiston, boshqa jahon ishlab chiqaruvchilaridan farqli o‘laroq, katta afzalliklarga ega: mavjud qo‘shilgan qiymatli to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish zanjirining mavjudligi; Yevropa qit’asiga yaqinligi sababli mavjud logistika kanallari (tez yetkazib berish muddatlari). Bundan tashqari, O‘zbekiston yangi ishlab chiqaruvchi…