Innovatsion himoya kombinezonlari sotuvda(mi)?

Virusga qarshi himoyalovchi innovatsion kombinezonlar haqida xabar OAVlarida yoritilgandan so‘ng Uyushmaga ko‘plab ushbu kombinezonlarni sotib olish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimiz murojaat qilishmoqda. Asosan ushbu mahsulotni oddiy aholi qayerdan sotib olish mumkinligi, narxi va xususiyatlari haqida so‘rovlar kelib tushdi. “Cotton Road” qo‘shma korxonasi vakili To‘lqin Axmadaliyev bu savolga oydinlik kiritdi. – Aytingchi, matoni kumush bilan singdirish orqali virus va bakteriyalarga kurashuvchanligini oshirish…

O‘zbekistonda bakteriya va virusdan zararlanishni oldini oluvchi tibbiy kombinezonlar yaratildi

O‘zbek to‘qimachilari 100% paxtali gidrofob matosiga asoslangan himoya vositalarini ishlab chiqarishni boshladilar. Paxta matolariga maxsus himoya xususiyatlarini berish texnologiyasini qo‘llash orqali ishlab chiqarilgan kombinezonlar patogen bakteriya va viruslarni yuqtirish xavfini oldini oladi. Loyiha tashabbuskori «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Cotton Road” qo‘shma korxonasi bo‘lib, hozirgi vaqtda Germaniyaning “SHT GmbH” va Shveytsariyaning “CHT Switzerland AG” kompaniyalari bilan…

Kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirishda sohada milliy kadrlar tayyorlash masalasi muhim ahamiyatga ega. Bu borada muayyan ishlar olib borilyapti, jumladan, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlari grantlarini jalb qilgan holda bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Bunga Kor-Uz to‘qimachilik texnoparki yaqqol misol bo‘la oladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga…

To‘qimachilik va yengil sanoat kollejlariga o‘qishga marhamat!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 6 sentyabrdagi PF-5812-son Farmonining 2-ilovasiga muvofiq Jarqo‘rg‘on to‘qimachilik kolleji, Qarshi tumani yengil sanoat kolleji, Xiva yengil sanoat kolleji va Olmazor yengil sanoat kollejlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimiga o‘tkazilgan. Kollejlarda 2020-2021 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ma’lumot (11 sinf) va o‘rta maxsus, kasb-hunar…

Bangladesh to‘qimachilik tajribasi: u nima va O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga qanday ijobiy ta’siri bor?

Bangladesh to‘qimachilik sanoati dunyoning yetakchi mahsulot yetkazib beruvchi «konveyer»lardan biri hisoblanadi. U davlat iqtisodiyotiga yiliga 35 mrld.dollar foyda olib keladi. Aholini ish bilan ta’minlash va asosiy yashash manbasi sifatida muhim ahamiyatga ega. Bangladesh o‘zining paxta resurslariga ega emas. Yillar davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta tolasining yirik iste’molchilaridan biri hisoblangan. Bu davlat to‘qimachilik sanoati tajribasi Davlatimiz…

Yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yarim yildan buyon butun dunyo kuchaytirilgan karantin sharoitida yashamoqda. Bu murakkab davrda hamma davlatlarda eng asosiy muammo aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, daromad bilan ta’minlash bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonda ishsizlarning 732 ming nafari yoshlar,…

Pandemiya tufayli Amerika elitasini kiyintirib kelgan brend inqirozga uchradi

AQShdagi eng eski kompaniyalaridan biri inqirozga yuz tutdi. Ikki asrdan beri Amerika elitasini kiyintirib kelgan kompaniya yarim millard dollarlik qarz botqog‘iga botgan. «Brooks Brothers» erkaklar kiyimiga ixtisoslashgan eng ko‘hna brendlardan sanaladi. Kompaniya Delaver shtati sudiga kreditorlardan himoyalash to‘g‘risida ariza topshirdi, deb yozmoqda «The Wall Street Journal». «Brooks Brothers» 1818 yili oilaviy biznes sifatida ochilgan. Orada o‘tgan ikki…

Onlayn-seminar: Ilm-fan orqali paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirish istiqbollari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hududlarga qilgan tashrifi chog‘ida ilm va fanning ishlab chiqarishga joriy qilish, uzviy chambarchasligini ta’minlash, va shu orqali sanoatda yangiliklar yaratishga katta urg‘u bermoqda. Joriy yilning 3 iyul kuni Fanlar Akademiyasining Genomika va bioinformatika Markazi, O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tekshirish instituti va respublikaning boshqa ilmiy markazlari olimlari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalari vakillari, «O‘zto‘qimachiliksanoat»…

«Crown Agents» xalqaro kompaniyasi to‘qimachilik mahsulotlarini xorijiy bozorlarda ilgari surishga ko‘maklashishga tayyor

2020 yilning 3 iyul kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan videokonferentsiya doirasida «Crown Agents» xalqaro kompaniyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. «Crown Agents» 1833 yilda Buyuk Britaniyada davlat korporatsiyasi sifatida tashkil etilgan xalqaro kompaniya. Uning 140 dan ortiq mamlakatlarda vakolatxonalari mavjud. Kompaniyaning asosiy maqsadi dunyo miqyosida turli davlatlarga kambag‘allikni qisqartirish, turmush…

Respublikada faoliyat yuritayotgan salohiyatli tikuv-trikotaj korxonalari rahbar va mas’ul xodimlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga uyushtiriladigan invest-tur

Mahalliy korxonalar faoliyatini rivojlantirish (ichki va eksport buyurtmalari bilan ta’minlash, investitsion loyihalarni shakllantirish, yangi bozorlarga kirib borish va mahsulot eksportiga ko‘maklashish), tikuv-trikotaj yo‘nalishiga ixtisoslashgan yangi korxonalar tashkil etish bo‘yicha ishlarni tashkil etish maqsadida Respublikada faoliyat yuritayotgan salohiyatli tikuv-trikotaj korxonalari rahbar va mas’ul xodimlari uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasiga uyushtiriladigan invest-tur tashkil etilmoqda. Murojaat uchun telefon: +99894-610-67-29    …