Mustaqillik bayrami arafasida Andijon viloyatida yangi korxonalarning ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, qator ijtimoiy soha ob’yektlari – maktab va mahalla guzarlari ham foydalanishga topshirildi, chin yetim yoshlarga prezident farmoniga asosan uylar berildi. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ochilish marosimlarida ishtirok etdi. Qayd etilishicha, Asaka tumani Yuksalish mahallasida “Silk Vorm” trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi ishga tushib, 300 nafar mahalliy aholi ish bilan ta’minlandi. Marhamat tumani Guliston mahallasida yashovchi 150…

“Parvoz Xumo Ravnaq Trans” organik paxta ishlab chiqaradigan xalqaro tan olingan korxonalardan biriga aylandi

Niderlandiyaning sertifikat beruvchi “Control Union” korxonasi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi qoshidagi “Textile Standard Services” korxonasi bilan hamkorlikda « Parvoz Xumo Ravnaq Trans » korxonasida GOTS (The Global Organic Textile Standard) organik to‘qimachilik uchun jahon standartini joriy etish bo‘yicha ishlar olib bordi. GOTS- xom ashyo yig‘ishdan boshlab tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonda to‘qimachilik mahsulotlarining organik usulda ekologik-va ijtimoiy talablarga…

Olmazor yengil sanoat kollejida 25 avgust 2021 yilda «Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha avgust seminar kengashi» o‘tkazildi.

Seminar kengashda 2021/2022 o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish, professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy yetish masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu seminar yig‘ilishida «O‘zto‘qimachiliksanoati» uyushmasi Kadrlar va ta’lim muassasalari bilan ishlash…

Xomashyoni qayta ishlashni chuqurlashtirayotgan «Quva tekstil»da tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Quva tumanidagi «Quva tekstil» MCHJ korxonasida tashkil etilgan tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘limi bugun foydalanishga topshirildi. Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Avazbek O‘rinboyev va Quva tumani hokimi Halimjon Umarov ishtirokida o‘tkazilgan ochilish marosimida ramziy lenta qirqilib, korxona uchun yangi yo‘nalish – tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga start berildi. Loyihaning tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish tsexining ishga tushirish natijasida 170 ta yangi ishchi…

Korruptsiyaga qarshi kurashish – Vatan taraqqiyotining kafolatidir!

Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korruptsiya va poraxo‘rlikdir. Aynan shu illat sababli ko‘plab davlatlarning inqirozga yuz tutgani ham tarixdan ma’lum. Bugungi kunda korruptsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korruptsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy…

Ishni jamoa bajaradi, mas’uliyat esa shaxsiy!

Joriy yil 10 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6166-son Farmonni imzoladi. — Farmonda belgilangan vazifalarning mazmun-mohiyati, ahamiyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvining har bir organi, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlari va mutaxassislariga…

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida Navoiy shahrida “JANUB SANOAT MONTAJ” aktsiyadorlik jamiyati negizida 350 o‘rinli tikuv tsexi o‘z faoliyatini  boshlaydi

Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida Navoiy shahrida “JANUB SANOAT MONTAJ” aktsiyadorlik jamiyati negizida 350 o‘rinli tikuv tsexi o‘z faoliyatini  boshlaydi. Ma’lumki, mazkur jamiyat myetallokonstruktsilar ishlab chiqarish  borasida nafaqat Navoiy viloyati, balki respublikamizdagi yirik korxonalardan biri hisoblanadi. Yillik quvvati 10 000 tonnadan ortiq  turli hajm va qalinlikdagi metall-konstruktsiyalarni yasash va o‘rnatish imkoniga ega bo‘lgan mazkur korxonada bugungi  kunga kelib sendvich panellari  hamda…

Yangi O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari Savol. Muhtaram Prezident, avvalo, gazetamiz uchun intervyu berishga rozilik bildirganingiz uchun Sizga minnatdorlik izhor etamiz. Ma’lumki, keyingi besh yil davomida mamlakatimizda keng miqyosdagi demokratik o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. “Yangi O‘zbekiston” degan tushuncha real voqelikka aylanmoqda. Siz davlat boshlig‘i, ana shu ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tashabbuskori…

“BONITO KIDS” brendi dunyo bozorida mustahkam o‘rnashmoqda

Mamlakatimiz rahbarining tadbirkorlik va biznesni qo‘llab quvvatlash hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan olib borilayotgan izchil siyosatlari natijasi o‘laroq 2011 yilda tashkil qilingan “BONITO KIDS” brendi o‘z oldiga 0-12 yoshgacha bo‘lgan bolalar kiyimini ishlab chiqarish va eksportga chiqarishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Mazkur brend 2011 yilning o‘zida ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining sifati jahon…

30 yillikka 30 ta korxona: «Bunyodkor»ning tuhfasi

Respublikamiz mustaqilligining 30 yilligi arafasida to‘qimachilik sanoati korxonalari tomonidan yangi loyihalar ishga tushirilmoqda. Bu yil ham to‘yga to‘yona sifatida 35 dan oshiq korxonalar Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi. O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi matbuot xizmati ushbu korxona rahbarlari bilan maxsus intervyular tashkil qilib, ularning faoliyati bilan tanishtirib boradi. O‘zbekiston tikuvchilik va to‘qimachilik sanoatida mahalliy xom ashyoni qayta ishlash borasida…