“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi sizni Yangi yil bilan chin dildan tabriklaydi!

2023 yil to‘qimachilik sanoati uchun muvaffaqiyatli va samarali bo‘ldi. Ushbu soha xalqaro ekspertlar tomonidan e’tirof etilib, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatini jadal rivojlantirish har qanday xorijiy davlatning orzusi ekanligini ta’kidlashdi. Siz bilan birgalikda o‘sishda va yangi marralarni zabt etishda davom etayotganimizdan mamnunmiz. Biz birgalikdagi ishimizni qadrlaymiz va bizga bo‘lgan ishonchingiz uchun tashakkur bildiramiz. Biznesingizda muvaffaqiyatlar, rivoj va…

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi sanoat tashkilotlari orasida birinchi

2023 yil 27 dekabr kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasida ekologik menejment bo‘yicha ISO 14001 va sifat menejmenti bo‘yicha ISO 9001 xalqaro sertifikatlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bureau Veritas Tashkent sertifikatlashtirish organi rahbari M. Rasulova sertifikatlarni Uyushma Raisiga rasman topshirdi. Ta’kidlash joizki, ISO 14001 sertifikatini olgan kompaniya “yashil” iqtisodiyotga sodiqligini isbotlaydi, xalqaro boshqaruv tizimi standarti ISO 9001 esa…

“O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi va tarmoq korxonalarining 2023 yil davomida sohani rivojlantirishga qaratilgan faoliyatidagi muhim voqealar

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida 2023 yil muhim voqea va hodisalarga boy bo‘ldi. So‘ngi 5 yil davomida sohada olib borilgan izchil islohotlar natijasida dunyo hamjamiyati tomonidan ular keng e’tirof etildi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlar horijda ommalashib bormoqda. Ushbu natijalarga erishish uchun qanday ishlar amalga oshirildi? Xalqaro standartlarni joriy qilish Joriy yilda xalqaro standartlar asosida mahsulot…

O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari horijiy davlatlarda ommalashmoqda

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston xorijiy davlatlarga to‘qimachilik eksporti hajmini oshirgan. Iste’molchilar asosan o‘zbek matolari va tayyor mahsulotlarga qiziqish bildirayetgani, tayyor mahsulotlar sifatini oshirish, “Made in Uzbekistan” brendini ommalashtirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilganidan dalolatdir. 2023 yil to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun sinovli yillardan biri bo‘ldi: bir tomondan, pandemiyaning ko‘plab mamlakatlar,…

AQSh bozoriga kalit olindi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida O‘zbekistondagi 10 dan ortiq to‘qimachilik kompaniyalari xalqaro WRAP (Worldwide Responsible Accredited Production) standarti sertifikatiga ega bo‘ldi. UZTEX kompaniyalar guruhi O‘zbekistonda, shuningdek, Markaziy Osiyoda ushbu standartni olgan birinchi korxona bo‘ldi. 25 dekabr kuni kompaniya rasmiy sertifikat topshirish marosimini o‘tkazdi. WRAP sertifikati ijtimoiy standartlarning eng murakkablaridan biri bo‘lib, UZTEX Group dagi ishlab chiqarish AQShga…

O‘zbekiston va Bangladesh to‘qimachilik sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

So‘ngi paytlarda O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasida to‘qimachilik sohasidagi hamkorlik jadal rivojlana boshladi. O‘zbekiston to‘qimachilik delegatsiyasi Bangladesh fabrikalariga qator tashriflari davomida tayyor mahsulot ishlab chiqarish tajribasini faol o‘rganib bormoqda. O‘z navbatida, ushbu hamkorlik tarixidagi muhim voqea sifatida Bangladeshning “Beximco Group” kompaniyasi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi rahbarlarining uchrashuvi hisoblanadi. “Beximco Group”ning Bosh direktori janob Husayn O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining…

Bangladeshning “Beximco Group” yirik kompaniyasi O‘zbekistonni kengaytirishda muhim hamkor deb biladi

16 dekabr kuni “Beximco Group” kompaniyasining to‘qimachilik bo‘limi bosh direktori Sayed Naved Husayn bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati, uning yutuqlari, investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida taqdimot qilindi va tayyor investitsiya takliflari taqdim etildi. Janob Husayn O‘zbekistonda paxtani qayta ishlash darajasi 100 foizga, hatto boshqa mamlakatlardan importga erishilganini alohida ta’kidladi. Shuningdek, u…

To‘qimachilik sanoatini transformatsiyasi loyihasi ta’lim, innovatsiya va ishlab chiqarishni birlashtirmoqda

Bugungi kunda, soha vakillari tomonidan to‘qimachilik sanoatida tor doiradagi kadrlar yetishmovchiligi mavjudligi turli bahslarni tug‘dirmoqda. Texnolog, konstruktor, planirovkachi, konstruktor-stilist, dizayner, bo‘yoqchi shular jumlasidan. Ushbu masalani yechimi sifatida bugungi kunda korxonalar Turkiya, Pokiston, Xitoy, Hindiston, Bangladesh kabi davlatlardan mutaxassislarni jalb qilib kelmoqdalar. Mahalliy kadrlarni tayyorlash uchun dastur ishlab chiqish maqsadida va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi konsalting xizmatlarini kengaytirish…

To‘qimachilik sektori innovatsion yechimlar uchun platformadir

Innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasi Better Cotton tomonidan tashkil etilgan forum doirasida taqdim etildi. O‘zbekiston to‘qimachilik kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan va amalga oshirilayotgan loyihalarni sizga taqdim etamiz. Masalan, «EMNOTION» o‘z mahsulotini – “Iqlim xavfi platformasi” innovatsion startapini taqdim etdi. U paxta yetishtirishda klasterlarga tashqi ob-havo omillarini, shuningdek daryolardagi suv sathini va kutilmagan favqulodda vaziyatlarni kuzatish imkonini beradi.…

Xalqaro konferentsiya mintaqadagi ijtimoiy muloqotni ta’minlaydi

ugun, 6 dekabr kuni Toshkentda xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) shafeligida “Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkazda milliy ijtimoiy muloqot institutlari (MIMI) haqidagi bilimlarni to‘ldirish” mavzusida muhim xalqaro konferentsiya o‘z ishini boshladi. Ushbu konferentsiya MIMI haqida xabardorlikni ko‘tarish, ijtimoiy muloqot samaradorligini oshirish, milliy ijtimoiy muloqot institutlarini rivojlantirish va uch tomonlama komissiyalarning imkoniyatlarini muhokama qilish bo‘yicha munozarani boshlashga…