Sizga “O‘zbekiston iqtisodiy axborotnomasi” jurnalining O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga bag‘ishlangan maxsus sonining e’lonini taqdim etamiz

Ushbu sonda siz sohaning barcha jihatlari bilan o‘zbek, rus va ingliz tillarida tanishishingiz mumkin. Ma’lumki, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida ijtimoiy islohotlar keng targ‘ib etilib, ularni amalda qo‘llashmoqda, shuningdek, gender tengligiga ham rioya qilinmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O‘zbekistondagi Better Work dasturi menejeri bilan intevyudan va standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi maqoladan batafsil bilib…

BMTning “Barqaror o‘sishni rag‘batlantirish: xususiy sektorning Barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shgan hissasini amaliy tadqiq qilish” hisoboti tayyorlandi

BMTning O‘zbekistondagi dasturi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi ko‘magida BMTning “Barqaror o‘sishni rag‘batlantirish: xususiy sektorning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ga qo‘shgan hissasini amaliy tadqiq qilish” hisoboti tayyorlandi. So‘rov davomida ishtirokchi «Silverleafe», «SAG», «Takro Osiyo» to‘qimachilik kompaniyalari O‘zbekistonda BRM va Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga hamda Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda katta hissa qo‘shdilar. Ushbu hisobotda keltirilgan misollar kompaniyalar korporativ…

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi to‘qimachilik sanoatidagi hamkorlik istiqbollari: Investitsiya va innovatsiyalarning yangi ufqlari

Xitoy Milliy to‘qimachilik va kiyim-kechak Kengashi (CNTAC) rahbariyati Sung bilan uchrashuvda ikkala mamlakatda sanoatni rivojlantirish uchun muhim bo‘lgan uchta asosiy masala aniqlandi. Birinchi masala Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistondagi investitsion faoliyatini kengaytirishda tomonlarning iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish va yangi investitsiya loyihalari uchun sharoit yaratishdan manfaatdorligini ko‘rsatadi. Ikkinchi masala Xitoyning bo‘yash va mato ishlab chiqarishni kengaytirish tajribasini qo‘llash, shuningdek,…

O‘zbekistonda ilk bor ikki xalqaro to‘qimachilik tashkilotlarining konferentsiyalari tashkil etiladi

2024 yil 8-10-sentyabr kunlari Samarqandda ITMF Annual Conference va IAF Fashion Convention 2024 jahon miqyosidagi ikki yirik xalqaro to‘qimachilik federatsiyalarining qo‘shma konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu keng ko‘lamli tadbir jahon to‘qimachilik sanoatining 1000 dan ortiq yirik ishtirokchilarini Uzbekistonda jamlaydi. Yevropa, MDH, Osiyo, Afrika va Amerikaning 500 dan ortiq xalqaro tashkilotlari, to‘qimachilik kompaniyalari, brend va riteylerlar, moliya…

O‘zbekiston va YEI to‘qimachilik uyushmalari rahbarlari ITMF doirasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi va “EURATEX” Yevropa kiyim-kechak va to‘qimachilik sanoati Konfederatsiyasi Bosh direktori Dirk Vantigem o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: EURATEX – Yevropa tikuvchilik va to‘qimachilik sanoati federatsiyasi. EURATEX Federatsiyasi a’zolari Yevropa Ittifoqining 143,000 kompaniyasi bo‘lib, ularning aylanmasi 150 milliard yevroni tashkil etadi va 1.5 million odam ishlaydi. Yevropa bozoridagi ishtirokini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbir…

«Bir makon – bir yo‘l» 6-Xitoy to‘qimachilik sanoati konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi

4-6 noyabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasida butun dunyo to‘qimachilik sanoati vakillari jamlangan. Yillik ITMF konferentsiyasi bilan birga «Bir makon – bir yo‘l» konferentsiyasi ham bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator yirik to‘qimachilik sanoatining rivojlangan Osiyo, Afrika hamda Yevropa davlatlari mas’ul idora va tashkilotlar rahbarlari o‘z nutqlari bilan ishtirok etdilar. Ta’kidlab o‘tishi kerakki, to‘qimachilik sanoatida Xitoyning eng…

Textile Santanderia va ITMF bilan muzokaralar o‘tkazildi

Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari Federatsiyasining yillik konferentsiyasi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasi Ispaniyaning yirik Textile Santanderia to‘qimachilik kompaniyasi egasi Xuan Parez va ITMF bosh direktori Kristian Shindler bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar dunyoning 44 mamlakatini birlashtirgan ITMF a’zolari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, tomonlar O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning to‘qimachilik markazi sifatida targ‘ib qilish istagini va brendlarni…

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida tabiiy ofatlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi

“Zilzila, zilzilaning kelibchiqish sabablari, zilzila paytida to‘g‘ri xarakatlanish hamda yong‘in xavfsizligi, fuqaro muhofazasi va tabiiy ofat” yuz berganda to‘g‘ri xarakatlanish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fuqaro muhofazasi instituti hamkorligida joriy yil 2 noyabr kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi markaziy apparatida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. O‘quv mashg‘ulot doirasida uyushma xodimlariga xavsizlik qoidalari tushuntirib o‘tildi hamda zilzila va yong‘in paytida…

Bangladeshning to‘qimachilik yangiliklari

Bangladeshlik doimiy hamkorimiz – “Apparel Digest” jurnali muharriri va shu bilan birga “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining maslahatchisi Mehdi Mahbub Bangladesh to‘qimachilik sanoati yangiliklarini taqdim etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra Amerikaning Green Building Council ma’lumotlariga muvofiq Bangladeshning to‘qimachilik sanoati 202 ekofabrikalarni o‘z ichiga olagan dunyodagi eng “yashil” soha hisoblanadi. Bunga nima hissa qo‘shdi? Javobni “Rise From the Ashes”…

O‘zbekiston brend soursingi uchun eng yaxshi joylashuv

Germaniyaning Falke brendidan keyin Frantsiyaning KIABI brendi O‘zbekistonning mahalliy korxonalarida soursing imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Taniqli brend rahbari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining taklifiga binoan O‘zbekistonda tashrif buyurdi. Mehmon mamlakatdagi o‘zgarishlar va to‘qimachilik sanoatidagi islohotlarni hayrat bilan ta’kidladi. Xususan, O‘zbekistonning yetakchi korxonalaridan biri bo‘lgan Farg‘onadagi Global Textile kompaniyasiga tashrifi yakunida mehmonlar paxta-to‘qimachilik klasterining paxta yetishtirishdan tortib tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha…