Yevropa bozorlariga kirib borish imkoniyati yaratildi

«O‘zto‘qimachiliksanoat ” uyushmasi Namangan filiali hamda viloyatdagi salohiyatli to‘qimachilik sanoati korxonalari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida sohada yaratilgan yangiliklar, yutuqlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Namangan filiali direktori Nuriddin Boboyev: «So‘nggi besh yil davomidagi tahlillar viloyatimizning sohada yetakchilardan biriga aylanganini ko‘rsatadi»-dedi o‘z so‘zida. Jumladan 2016 yilda 722 ta korxonalar mavjud bo‘lsa, bugunga kelib ular…

Isroil bozorida o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari ommalashmoqda

Shu yilning 28 iyulida O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi elchixonasi ko‘magida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi vakillari va «Delta» (Isroil) kompaniyasining bosh direktori – Taisir Musa o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Isroil kompaniyalarining buyurtmalarini O‘zbekiston korxonalarida joylashtirish masalalari muhokama qilindi. Delta (Isroil) – bu erkaklar, ayollar va bolalar uchun ichki va sport kiyimlarining ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadigan Delta Galil Industriyes Ltd Isroil brendining operativ bo‘limidir. Bo‘lim barcha…

To‘qimachilik forumi: O‘zbekiston-Pokiston – hamkorlikda yangi imkoniyatlari

Toshkent yana mintaqaviy masalalarni muhokama qilmoqda – 15-16 iyul kunlari «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi turli davlatlar ishtirokida katta konferentsiyaga mezbonlik qilmoqda. Ushbu muhim tadbir doirasida Afg‘oniston Prezidenti A. G‘ani, Pokiston Bosh vaziri I. Xon, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti J. Borrel, AQSh Prezidentining yordamchisi E.Shervud-Rendall, shuningdek, 20 dan ortiq mamlakat tashqi…

O‘zbekistonda Markaziy va Janubiy Osiyoning mintaqaviy bog‘liqligi bo‘yicha xalqaro konferentsiya o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2021 yil 15-16 iyul kunlari Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tadi. Forumning asosiy maqsadi Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi tarixan yaqin va do‘stona aloqalarni, ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni ikki mintaqa xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yo‘lida mustahkamlashdan iborat.…

Moliyalashtirish-to‘qimachilik mahsuloti ishlab chiqarish hamda eksportini qo‘llab-quvvatlovchi omil sifatida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 dekabrdagi “2017 — 2019 yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” PQ-2687 sonli qaroriga muvofiq, umumiy qiymati 1 223,3 mln dollarga teng 75 ta to‘qimachilik va tikuv-trikotaj loyihalari ishga tushirildi. Loyihalarni amalga oshirish doirasida tarmoqda bandligi ta’minlangan 15 195 ta yangi ish kuchi yaratildi. 2017-2020 yillarda mazkur korxonalar tomonidan…

“O‘zto‘qimachiliksanoat” Uyushmasi tarmoq korxonalarida ishlab kelayotgan ishchi xizmatchilar diqqatiga

Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish tartibi, shuningdek, tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bunda, tasdiqlangan ro‘yxatda qayd etilgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari 2021/2022 o‘quv yili uchun 100…

O‘zbekiston bolalar mehnatini bartaraf etish bo‘yicha muhim natijalarga erishdi

Har yili 12 iyun — Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurashish kuni sifatida nishonlanadi. Bundan maqsad — bolalar mehnati muammosiga va uni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish zarurligiga butun dunyo e’tiborini qaratishdir. Zero, bugungi kunga kelib jahonda har o‘n boladan biri bolalar mehnatiga duchor qilinadi, bolalar mehnatidan jabr ko‘rganlarning soni 152 mlndan oshgan. Buning ustiga, COVID-19…

To‘qimachilik xomashyo importida sertifikatsiya va standartizatsiya yengillashadi(mi)

8 iyun kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan Namangan viloyatidagi to‘qimachilik va tikuv-trikotaj tarmog‘ining qator korxonalari bilan yig‘ilish tashkil etilib, ularning standartlashtirish sohasidagi mavjud muammolari o‘rganildi. Mazkur yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 yanvardagi 43-son qaroriga muvofiq, soha korxonalari tomonidan tayyor mahsulot ishlab…

Better Cotton Initiative (BCI) – «Yaxshi paxta tashabbusi» tamoyillariga asoslangan barqaror paxta yetishtirish standarti tizimi bo‘yicha o‘quv treningi bo‘lib o‘tdi

Bugun Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan «Paxtachilik sanoatida barqaror rivojlanish va qo‘shilgan qiymatni oshirish» loyihasi doirasida Better Cotton Initiative (BCI) – «Yaxshi paxta tashabbusi» tamoyillariga asoslangan barqaror paxta yetishtirish standarti tizimi bo‘yicha o‘quv treningi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘quv treningi BCI – «Yaxshi paxta tashabbusi» xalqaro standartining tamoyillari va mezonlari, BCI paxtasini yetishtirishda…

O‘zbekiston elchisi Lyuksemburgda savdo uyi ochilishi va ko‘rgazma tashkil etilishi masalalarini muhokama qildi

O‘zbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchisi Dilyor Hakimov Lyuksemburgning «Sonneg Luxembourg S.A» kompaniyasi rahbari, vatandoshimiz Diyor Yoqubov bilan uchrashdi. 2014 yilda tashkil etilgan «Sonneg Luxembourg S.A» kompaniyasi  ulgurji to‘qimachilik mahsulotlari savdosiga ixtisoslashgan. Kompaniya Yevropada alohida mijozlarga sifatli va arzon to‘qimachilik mahsulotlari yetkazib beruvchi sifatida nom qozongan. Bugungi kunda kompaniya Lyuksemburg orqali butun Yevropa bo‘ylab O‘zbekistondan turli-tuman to‘qimachilik…