Bangladesh va O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ish boshladi

Bugun uyushmada Bangladeshning Best Sourcing kompaniyasi rahbari, shuningdek, Bangladesh RMG Centre prezidenti Mexdi Maxbub bilan uchrashuvda Bangladeshdan mahalliy to‘qimachilik korxonalariga mutaxassislarni jalb qilish masalasi chuqurroq ishlab chiqildi. Mazkur aktsiya doirasida Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida joylashgan 12 ta sanoat korxonasi tashrif buyurdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zto‘qimachiliksanoat” ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish doirasida…

20 ga yaqin to‘qimachilik korxonalari vakillari “Brending maktabi” ilk tinglovchilariga aylandi

USAIDning Future Growth Initiative dasturi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi hamkorligidagi tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish loyihasi doirasida amalga oshirilgan. Brending_maktabi SAMO, Look at me, MilanaTex, Ahsan, TWINS, Bahmal group, G.Studio, Almaz Textile kabi mahalliy brend vakillari katta qiziqish bilan ishtirok etdi va ijobiy natijalarga erishdi. 5 kunlik mahorat darslarini European News Academy eksperti Sergey Stanovkin, Fratelli…

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida GIZ loyhasi doirasidagi o‘quv markazida seminar tashkil etildi

12 oktyabr kuni Germaniyaning halqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning TexVET loyihasi tomonidan O‘zbekiston tekstil va charm sanoati sohasida Tarmoq kengashining trening markazida uning faoliyatini strategik rejalashtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha Tarmoq kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4939-son qarori…

“O‘zto‘qimachiliksanoat”  uyushmasi 2030 yilgacha Respublikada “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va “yashil” o‘sishni ta’minlash dasturi doirasida ekologik tamoyilni qo‘llab-quvvatlaydi

Bugungi kunda tobora ko‘proq kompaniyalar atrof-muhit holatini yaxshilash choralarini ko‘rmoqda. To‘qimachilik korxonalarining ham o‘zgarishi muhimdir: ekologiklik va barqarorlik zamon va jahon brendlari talablariga, shuningdek, yangi raqobatbardosh afzalliklarga aylanib bormoqda va yashil brendni yaratish auditoriyaning ishonchini oshirishga yordam beradi. Respublika korxonalari ekologik tamoyillariga va suvni tozalashga rioya qilib, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etadilar va atrof-muhitga g‘amxo‘rlik…

Toshkent to‘qimachilik haftaligi tadbiroldi matbuot-anjumani

O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati respublikada o‘sish suratlariga ko‘ra yetakchilar qatorida. Jumladan, xorijiy investorlarni jalb qilish, ish o‘rinlarini yaratish va mahsulot eksporti jixatidan strategik jihatdan muxim sanoatga aylandi. So‘ngi 5 yilda eksport ko‘rsatkichlarini 3.5 mlrd. doll. yetgan bo‘lsa, ayni damda ushbu ko‘rsatkichni 5.0 mlrd. dollarga yetkazish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Ushbu ko‘rsakichlarga erishishda mahalliy to‘qimachilik ishlab…

7-oktyabr kuni Butunjahon paxta kuni nishonlanadi

O‘zbekistonning “oq oltini” hisoblangan paxta har bir o‘zbek uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mahalliy jurnalistlar uchun paxta dalalariga va paxtadan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayon bilan yaqindan tanishish uchun klasterga press-tur tashkil qildi. Jurnalistlar dalalarda oddiy paxta terimchilari, kombayn operatorlari hayoti va mehnati bilan tanishar ekan, suhbatlashish jarayonida ularning amaldagi faoliyati…

Paxta kuniga bag‘ishlangan Press tur tashkil etilmoqda

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan joriy yil 6-oktyabr kuni OAV vakillari uchun Press-tur tashkil etilmoqda. Press-tur davomida Toshkent va Jizzax viloyatida faoliyat yuratiyotgan paxta yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalarning ushbu mavzuga oid fikr-mulohazalarini o‘rganish va OAV vakillarini qiziqtirayotgan savollarga javob olish maqsadida tashkil etilmoqda. Barcha OAV vakillarini ushbu press-turda ishtirok etishingizni kutib qolamiz. Batafsil ma’lumot uchun uyushma…

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Wildberries o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyiha boshlanganini e’lon qildi

4 oktyabr, 2023 yil, Toshkent – bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Wildberries xalqaro onlayn platforma O‘zbekiston ishlab chiqarish korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma rejalari haqida e’lon qildi. Uyushma rahbariyati o‘z tabrik nutqida tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi va shu bilan birga onlayn platforma bilan hamkorlik ishlab chiqaruvchilarimizga MDH mamlakatlari bozorlariga chiqishga…

Fors Ko‘rfazi mamlakatlariga to‘qimachilik eksporti oshmoqda

Ayni paytda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi o‘zbek to‘qimachilik delegatsiyasi Qatarga tashrif bilan bo‘lmoqda. Tashrif davomida Qatarning “Barzan Holdings” kompaniyasi bosh direktori Abdulla Al Xatem bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Shuningdek, O‘zbekistonning “Uzwoolentex” kompaniyasi bilan Qatar kompaniyasiga jun mato yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifi…

O‘zbekiston 4-IFC Global ishlab chiqarish konferentsiyasida ishtirok etmoqda: Ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish uchun yechimlarni jadallashtirish

Tadbirda yetakchi ishlab chiqaruvchilar, hukumatlar, moliya institutlari va rivojlanish institutlari vakillari ishtirok etmoqda. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi “Ishlab chiqarish ta’minoti zanjirlarining barqarorligini oshirish” mavzusi bilan IFC vitse – Prezidenti Moxamed Guled, Nobel mukofoti sovrindori va Kolumbiya universiteti professori Jozef E. Stiglits, GTSF IFC vakili Femi Akinrebiyo va boshqalar bilan birgalikda so‘zga chiqdi. Shuningdek, toza energiyaga o‘tishni…