“O‘zto‘qmachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasi Vyetnamda tashrif bilan bo‘lib turibdi

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri B. Saidovning Vyetnamga rasmiy tashrifi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasi ishtirokchilari Youngone kompaniyasi, Bao Minh korporatsiyasi, Thai Tuan brendi, Vetnam to‘qimachilik va kiyim – kechak uyushmasi – VITAS vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. Vyetnam kompaniyalari, ishlab chiqaruvchilari va brendlari O‘zbekiston to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikni kengaytirishga katta qiziqish bildirdilar. Masalan, o‘zbek ip…

O‘zbekiston butun dunyo uchun ochiq: Ilk bor ikki xalqaro to‘qimachilik tashkiloti – ITMF va IAFning qo‘shma konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi

Qadimiy Samarqand shahrida 2024 yil 8-10 sentyabr kunlari tarixda ilk bor dunyodagi ikkita yirik xalqaro to‘qimachilik federatsiyalari – Xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari Federatsiyasi – ITMF va Xalqaro kiyim-kechak Federatsiyasi – IAF ning Qo‘shma konferentsiyasi bo‘lib o‘tadi. Dunyoning eng go‘zal va qadimiy shaharlaridan biri, tarix va zamonaviylik chorrahasi – Samarqandda bo‘lib o‘tadigan ushbu olamshumul tadbirda siz oson…

MDH davlatlari va BRICS mamlakatlari to‘qimachilik kompaniyalari bilan hamkorlik

Intertkan-2024 ko‘rgazmasi doirasida Uyushma vakili “MDH davlatlari va BRICS mamlakatlari to‘qimachilik kompaniyalari bilan hamkorlik” sessiyasida o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi. Taqdimotda mahalliy to‘qimachilik sohasida so‘ngi paytlarda erishib kelayotgan yutiqlar, sanoatidagi ijobiy o‘zgarishlar hamda O‘zbekiston ip-kalavadan tortib to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan barcha zanjirni namoyish etuvchi samarali ta’minot markazi ekanligi aytib o‘tildi. «Soyuzlegprom» tomonidan tashkil etilgan sessiyada…

Germaniya Texnologiyalar maktabi kabi markazning O‘zbekistonda rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydi

GUZ Partners loyihasi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi delegatsiyasining tashrifi chog‘ida Germaniya Technologiwerkstatt – Texnologiyalar maktabi rahbari O‘zbekistonda ham shunga o‘xshash markazni yaratishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Hozirgi kunda markaz sohaga oid Startup loyihalarni amalga oshirish va to‘qimachilik yo‘nalishidagi yangi innovatsion texnologiyalarni yaratishga qaratilgan dasturlar ustida faoliyat olib bormoqda. Albshtadt shahri – Germaniyaning to‘qimachilik kompaniyalarining aksariyati joylashgan Germaniyaning to‘qimachilik shahridir. Uchrashuv davomida Albshtadt meri O‘zbekiston delegatsiyasini qutladi va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Albshtadt shahri o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni…

Germaniyada ahamiyatli kelishuvlarga erishildi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi delegatsiya Groz-Beckert Akademiyasi, Hochschule Albstadt-Sigmaringen Universiteti va ABA Ausbildungs-und Berufsförderungsstätte Albstadt Monomarkazi joylashgan Albshtadt shahrida bo‘lib turibdi. Hochschule Albstadt-Sigmaringen Universiteti vakillari bilan uchrashuv chog‘ida Samo universitetida (Andijon) texnologlar tayyorlash, uning ta’lim tizimini takomillashtirish va dual ta’lim tizimini joriy etish to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan to‘qimachilik instituti…

O‘zbek delegatsiyasi Germaniya ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirmoqda

Gesamtmasche ko‘magida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi boshlandi. Tashrif Myunxbergda Hochschule Hof universitetida bo‘lib o‘tmoqda. U yerda delegatsiya ishtirokchilari to‘qimachilik sanoati mutaxassislarini tayyorlash uchun Germaniya ta’lim tizimi bilan tanishishlari mumkin. Materialshunoslik instituti (Ifm) mashinasozlik, tizim materiallari, to‘qimachilik texnologiyalari va kompozit materiallar sohalarida yangi mahsulotlar va ishlab chiqarish jarayonlarini ishlab chiqadi. Institut o‘zining yuqori…

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi boshchiligidagi delegatsiya Germaniyaga tashrif buyuradi

2024 yil 3-7-mart kunlari GUZ Partners loyihasi doirasida “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Gesamtamsche tomonidan Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan to‘qimachilik instituti, Farg‘ona universiteti, Marg‘ilon kasb-hunar maktabi xodimlari uchun Germaniyaga keng ko‘lamli tashrif uyushtirilmoqda. Tashrif maqsadi – to‘qimachilik sanoati mutaxassislarini, xususan texnologlarni tayyorlash, bilimlarni uzatish, tajriba va nou-xau almashish usullari…

Yevropaga eksport: To‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari uchun nimalar o‘zgaradi?

Ushbu kunlarda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati – GIZ birgalikda ta’minot zanjirlari va uning O‘zbekiston kompaniyalariga ta’siri to‘g‘risidagi Yevropa qonunchiligi haqida xabardorlikni oshirish bo‘yicha seminarlar o‘tkazdi. Seminarlar Toshkent va Farg‘ona shaharlarida o‘tkazilib, ularda uyushma xodimlari bilan bir qatorda 40dan oshiq korxonalar ham ishtirok etdi. Ulardan “Urban Style”, “Global Textile”, “Diva Tex”, “Navbahor Textile”,…

Xorijiy to‘qimachilik bozorlar sharhi: Turkiya

Turkiya to‘qimachilik sanoatining asosiy afzalliklari: Yuqori sifatli mahsulotlar: – Turkiya zamonaviy texnika va texnologiyalarga sarmoya kiritadi, bu esa xalqaro standartlarga javob beradigan yuqori sifatli to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish imkonini beradi. – mamlakatda mahsulotning barcha e’lon qilingan xususiyatlarga muvofiqligini kafolatlaydigan qat’iy sifat nazorati tizimi mavjud. – turk ishlab chiqaruvchilari paxta, jun va ipak kabi yuqori sifatli xom ashyolardan foydalanadilar.…

OEKO-TEX® ORGANIC COTTON – Yevropa bozorlari uchun kafolatdir

OEKO-TEX® ORGANIC COTTON bilan sertifikatlash ishlab chiqarishning har bir bosqichida, xom ashyodan tortib to tayyor mahsulotgacha bo‘lgan to‘qimachilik uchun xalqaro miqyosda tan olingan standartni kafolatlaydi. Organik paxta yetishtirish uchun IFOAM standartlariga javob berib, u ta’minot zanjiri bo‘ylab kuzatuvchanlik, iste’molchilar uchun ekologik toza va shaffoflik, pestitsidlardan himoya qilish va global qoidalarga rioya qilish kabi keng qamrovli…