TTME ishtirokchisining taassurotlari: To‘qimachilikda katta imkoniyatlar

Ma’lumki, merserizatsiya, oqartirish, bo‘yash va boshqa jarayonlarda ishlatiladigan to‘qimachilik kimyosi sanoatning muhim qismidir. Kimyoviy moddalar to‘qimachilik ishlab chiqarishning deyarli barcha bosqichlarida qo‘llaniladi. Sanoatning ushbu qismi TTME ko‘rgazmasida ham namoyish etilgan. “Neochem” kompaniyasining xalqaro biznes bo‘yicha vitse-prezidenti Xitesh Vadird taasurotlari: “Neochem – bu maxsus kimyoviy moddalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan va 1979 yildan, ya’ni bozorda 44…

Uyushma o‘z xizmat turlarini kengaytirmoqda

Avval xabar qilinganidek, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi germaniyalik hamkorlar bilan birgalikda xizmatlar turlarini kengaytirish va sifatini oshirish borasida Gesamtmaschening “GUZ Partners” loyihasi doirasida qator seminarlar tashkil etmoqda. Seminarlarning asosiy maqsadi – Uyushma va korxonalar o‘rtasida aloqalarni takomillashtirish, xizmatlar sifatini va samarasini oshirish, to‘qimachilik dunyosida o‘zbek to‘qimachilik korxonalarining mustaxkam o‘rnini belgilashda ko‘maklashish va media-menejmentni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.…

Paxta-to‘qimachilik klasterlari O‘zbekistonga yirik brendlarni relokatsiya qilmoqda

Qashqadare viloyati Ko‘kdala tumani hokimi boshchiligidagi delegatsiya ayni damda Italiyada bo‘lib, mashhur italyan brendi hisoblangan “Cotonella” brendini Ko‘kdalaga olib kelish yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. “Ko‘k dala” paxta-to‘qimachilik klasteri negizida “Cotonella” brendini mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishildi (https://t.me/uztsuz/9734) va ayni damda montaj ishlari olib borilmoqda. Klaster vakillari shu kunlarda “Cotonella” ning Italiyadagi ofisida bo‘lib, brendni…

Feyerik moda namoyishi, mato yetkazib berish va brendlar bilan ishlash shartnomalari: Belarusiyadagi o‘zbek ayol to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilarining muvaffaqiyati

Belarus Respublikasida bo‘lib o‘tgan birinchi O‘zbekiston-Belarus ayollar biznes-forumi doirasida O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari rahbarlari ayollarining tashrifi belaruslik ishlab chiqaruvchilar bilan bir qator muvaffaqiyatli uchrashuvlar va shartnomalar bilan nishonlandi. Shunday qilib, taniqli o‘zbek brendi rahbari Kamolat Aliyeva “Milavitsa” kompaniyasining ishlab chiqarishiga tashrif buyurdi va kompaniyaning ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlari bilan tanishgandan so‘ng, ikkala tomon ham korset…

O‘zbek to‘qimachilari jahon brendlari bosh qarorgohida: Ralph Lauren

Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi davomida “O‘zto‘qimachiliksanoat” delegatsiyasi jahon brendlari bilan hamkorlik va o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish masalalarini muhokama qilish uchun bir qator qiziqarli uchrashuvlar o‘tkazdi. Ushbu uchrashuvlardan biri yillik daromadi 6,2 milliard dollarga teng va Ralph Lauren, Polo Jeans Co., RRL, RLX, Rugby, RL Childrenswear, Chaps, Club Monaco kabi va boshqa mashhur brendlarni birlashtirgan…

Amazon O‘zbekistonda sertifikatlangan to‘qimachilik korxonalari uchun imkoniyatlar ochmoqda

Amazondagi Climate Pledge Friendly dasturi iste’molchilarga ekologik toza mahsulotlarni topish va sotib olishga yordam beradigan dasturdir. Climate Pledge Friendly barqaror rivojlanish standartlariga muvofiq va tabiat dunyosini saqlashga yordam beradigan mahsulotlarni ajratadi. Mahsulotlarni saralash uchun Amazon ishonchli uchinchi tomon sertifikatlari bilan hamkorlik qiladi, jumladan OEKO-TEX® MADE in GREEN va OEKO-TEX® STANDARD 100. Ushbu dasturda OEKO-TEX® STANDARD…

To‘qimachilikda global muammoga aylanayotgan bo‘yoq korxonalarida oqova suvdan to‘g‘ri foydalanish masalasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-sonli Farmoniga muvofiq, joriy yilning 5-8 sentyabr kunlari O‘zbekiston va Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ) ko‘magida “Gherzi” xalqaro konsalting kompaniyasining eksperti Piyetro Valenti shu kunlada tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Tashrifdan…

Klaster tizimi joriy etulgunga qadar fermerlar paxtadan daromad ko‘rmas edi

Keyingi yillarda paxta-to‘qimachilik klasterlari va fermerlar mavzusi eng ko‘p ko‘tarilgan mavzulardan biri bo‘ldi. Aslida, fermerni yelkasiga shamol tegishiga aynan klasterlar sababchi emasmi? Yillab yetishtirgan paxtasi uchun haq ololmagan, olsa ham suv tekinga sotib olingan paxta, bugun baland narxda sotib olinmoqda. Prezidentimiz joriy yilning 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotida klasterlar haqida to‘xtalib o‘tgan edi.…

Ishlab chiqarish zanjiridagi mukammallik

Germaniya oilaviy biznesni rivojlantirish tizimining yana bir yorqin misoli bu MEY brendi. Ushbu oilaviy kompaniya erkaklar va ayollar ichki kiyimlari, pijamalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Kompaniya to‘rtinchi avlod tomonidan boshqarib kelinmokda. Korxonada eng yuqori sifatli paxta tolasidan to tayyor kiyim ishlab chiqarish zanjirini to‘liq qamrab olgan. Korxonada maxsus andozada presslab kesish uchun dastgohlariga maxsus havoni tortib…

Xalqaro miqyosda to‘qimachilik sohasidagi tajribasi bilan tan olingan va sanoatda innovatsiyalar va bilimlarni ilgari suruvchi Hohenstein ilmiy tekshirish markaziga o‘zbek korxonalarining tashrifi

100 yillik tarixga ega ushbu kompaniya 1970 yillarga kadar hususiy to‘qimachilik injenerlari tayerlash instituti sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Ayni kunda, dunyoda sertifikatsiyaga bo‘lgan talab ortishi natijasida institut faoliyati ilmiy tekshirishga o‘zgartirilgan. Hohenstein O‘zbekistonda Oekotex standartlari bilan mashhur. Ushbu kompaniya 40 dan ortiq mamlakatla mavjud bo‘lib 6 ta davlatda maxsus turli yunalishdagi laboratoriyalariga ega. Hohensteinning bugungi kundagi eng…