Sharq liboslari dizayn markazi» MCHJ tomonidan «11–oktyabr — Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan o‘tkazilgan respublika forumida yosh dizaynerlar tomonidan yaratilgan liboslar namoyishi tashkil etildi

Joriy yilning 11–oktyabr kuni Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti binosida «11–oktyabr — Xalqaro qizlar kuni» munosabati bilan «O‘zbekiston qizlari: hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklarini ta’minlash masalalari» mavzusida respublika forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan tashkil etilgan ushbu…

🇺🇿🇩🇪 To‘qimachilik sanoatida talabalarga ta’lim berishda Germaniya tajribasi joriy etilishi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati Germaniyaning Amaliy Fanlar universiteti professori Marion Xalfman va TITLP vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda talabalarni to‘qimachilik sanoati uchun tayyorlash sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, professor to‘qimachilik instituti talabalarini Germaniya universiteti dasturi doirasida o‘qishga yuborish, shuningdek, bo‘yash, loyihalash, paxtani birlamchi qayta ishlash va to‘qish kabi yo‘nalishlarda qisqa muddatli kurslar tashkil etish imkoniyati…

Fashion Incubator Tashkent loyixasi davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Hilton mehmonxonasida Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi hamkorligida O‘zbekiston uchun yangi yo‘nalish bo‘lgan Fashion Incubator Tashkent loyihasining taqdimotiga bag‘ishlangan rasmiy davra suhbati tashkil etildi. Dizaynerlar va tadbirkorlar qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ushbu loyiha mamlakatning to‘qimachilik industriyasining xalqaro miqyosda obro‘sini oshirish va ijobiy imidjini shakllantirish, moda g‘oyalarini qo‘llab -quvvatlash, milliy…

To‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoatiga oid «Innovatsion loyihalar» Uyushma tomonidan moliyalashtirilmoqda

Innovatsiya tizimi natijadorligini ta’minlash, uni ilm-fan va ishlab chiqarish bilan bog‘lash maqsadida joriy yilning 22 sentyabr kuni O‘zbekiston o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkida «O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi» Rais o‘rinbosari B.Muxammadsaidov boshchiligida to‘qimachilik va tikuv trikotaj sanoati bo‘yicha tavsiya va xulosalar beruvchi ekspertlar hamda O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti olimlari o‘rtasida Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan «Innovatsion loyihalar» muhokamasi…

To‘qimachilik korxonalari diqqatiga!

Bozorda mahsulot jozibadorligini oshiruvchi faktorlardan biri bu albatta maxsulot tannarxidir. Mahsulot tannarxiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan xom-ashyoning narxi va sifatidir. Aynan shu borada TotalEnergies va Chust Textile korxonalari, «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi ko‘magi ostida, yangi iinovatsion ignalarni moylash uchun moy mahsulotlari taqdimotini seminar tarzida o‘tkazishmoqda. Seminar, 28 sentyabr, 16:00 da “International Hotel Tashkent”…

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi raisi va bir qator to‘qimachilik korxona rahbarlari talaba yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi va Toshkent shahridagi xalqaro ta’lim muassasalari Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Xalqaro Vestminster universiteti, Inxa universiteti hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari va professor o‘qituvchilari hamda yirik sanoat korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh talabalarni to‘qimachilik sanoati va uning imkoniyatlari bilan tanishtirish, yosh avlodni rag‘batlantirish,…

Hududlarda to‘qimachilik sanoati rivojlanishi ayol qizlarni ish bilan ta’minlanishiga turtki bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Senati raisi Narbayeva Tanzila Kamolovna, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ma’rufova Gulnora Maxmudovna, viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jumayeva Sayyora Arziyevnalardan iborat ishchi guruhi Ishtixon tumaniga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan maqsad, tumanda aholi va xotin-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlarning darajasi, ularning huquqlarining himoya etilishi va jamiyatdagi o‘rni, bandlik darajasi…

“Diplomatic World” jurnali vakillari ishtirokida “Uztex” korxonasiga press-tur tashkil etildi

16 sentyabr kuni «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan Diplomatic world jurnali vakillari Barbara Dietrich va Alberto Turkstra ishtirokida Chirchiq shahrida joylashgan “Uztex” korxonasiga press-tur tashkil etildi. Ular korxonada mavjud bo‘yoq, tikuv tsexlari va korxonaning zamonaviy laboratoriyasi hamda shourumlari bilan tanishdilar. Korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot bilan tanishgan jurnalistlar mahsulot sifatiga alohida urg‘u berib o‘tdilar. Xususan Barbara Dietrich «Yevropalik…

“MS BARER TEXTILE” korxonasi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti o‘qituvchi va talabalarini bilimlari oshirish istagida

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti (TTESI) bilan imzolangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq Institut tarmoq bilan aloqasini yanada mustahkamlash va samaradorligini oshirish, institut professor – o‘qituvchilarini soha texnika va texnologiyasining eng so‘nggi yangiliklaridan doimiy xabardor bo‘lish, o‘quv jarayonida undan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida sohaning zamonaviy korxonalari bilan stajirovkalarini tashkil etish belgilangan. 2021 yil 15…

Toshkentda Denim Lab jinsi mahsulotlarining multibrend do‘koni ochildi

2019 yilda asos solingan Bukhara Cotton Textile Denim Division kompaniyasi o‘zini faqatgina muvaffaqiyatli tekstil klasteri sifatida emas, balki B Jeans urfdagi jinsi kiyimlar brendi sifatida ham ko‘rsatdi. Barcha kiyimlar mustaqil tayyorlangan xomashyodan tikiladi. Kompaniya paxta ekib, uni terib oladi va tozalaydi hamda ishlov beradi. Shundan so‘ng matolar tayyorlanadi va ularni bo‘yashda tabiiy indigofera bo‘yog‘idan foydalaniladi.…