Iqtisodiy o‘sish yangi tovarlar ishlab chiqarishni va umumjahon ishlab chiqarish zanjirida yuqoriga qarab ilgarilashni taqozo etadi

Murojaatnomada ko‘tarilgan yana bir muhim masala – kelgusi yillarda mamlakatimizda iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash. Prezidentning Murojaatnomasini Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbariyati sharhladi. Murojaatnomada oldinga surilgan yana bir muhim masala – mamlakatimizda kelgusi yillarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atini ta’minlash hisoblanadi. Prezidentimiz aytib o‘tganlaridek, iqtisodiy o‘sish doimiy ravishda yangi tovarlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va umumjahon ishlab chiqarish…

2021 yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi davom etmoqda:   Qadrli xalq noiblari! Aziz yurtdoshlar! Barchangizga ma’lumki, kirib kelayotgan 2021 yilda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligiga 30 yil to‘ladi. Albatta, bu tarixiy sanani siz azizlar va butun xalqimiz bilan birgalikda, “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oya asosida keng bayram qilamiz. Bugun…

Joriy yilda Samarqanddan qancha to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi?

Samarqand viloyat statistika boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yilda viloyatda joylashgan korxonalar tomonidan eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari qiymati 79,2 mln.ni tashkil etdi. Bu umumiy eksportning 26,8 foizini tashkil etdi va ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan 21,3 foizga o‘sdi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida: 🔹 Gilamlar 30,3%; 🔹 Tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari 22,6%; 🔹 Paxtadan…

⚡️O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksport hajmini oshirdi

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 1,7 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan. ❗️Shu o‘rinda qayd etib o‘tish joizki, ijtimoiy tarmoqlarda Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat statistika qo‘mitasining to‘qimachilik mahsulotlari eksporti ko‘rsatkichlarida o‘zaro farq borligi ta’kidlandi. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotida 10 oy yakuni bo‘yicha…

O‘zbekiston 1,2 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 1 mlrd 200 mln 324 ming AQSh dollari qiymatidagi 609,4 ming tonnadan ortiq to‘qimachilik mahsulotlari eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi saytida ma’lum qilindi. Mazkur yilda 2019 yilning aynan shu davriga nisbatan respublikadan 5332 tonna ko‘p to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlarining…

«O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati tomonidan Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12-13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 14-17 dekabr kunlari «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi rahbariyati tomonidan Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari amalga oshirildi . Tashrif davomida “LT International Textile”, «Qarshi Terminal», “Cotton Road”, “Oqsaroy” va boshqa tadbirkorlik sub’yektlarida ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar, korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar va…

Libos – millatning madaniyat belgisi va ma’naviyat timsoli

Mazkur festivalning ikkinchi kuni Farg‘ona dizaynerlari va hunarmandlari tomonidan yaratilgan milliy va zamonaviy liboslar ko‘rgazmasining ochilishi bilan boshlandi. Kunning birinchi qismida yoshlari o‘rtasida milliy va zamonaviy andozalarni chizish bo‘yicha “Yosh dizayner” tanlovi, “Zamonaviy o‘zbek modasi, an’analar va yangi dizaynlar” mavzusidagi modalar namoyishi o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqan Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari S.Aminjonov so‘nggi yillarda jamiyatimizda xotin-qizlarning…

RO‘MOL – O‘ZBEKNING SHA’NI VA G‘URURI

2020 yil 17 dekabr kuni axoli, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyatni targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan “Nafosat 2020” festivali viloyat bosqichiga start berildi. Mazkur tadbirda Viloyat hokimi o‘rinbosari S.Aminjonov hamda Respublikadan tashrif buyurgan mehmonlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bosh maslahatchisi N.Shotursunova va “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi Yangi dizaynerlik ishlanmalari joriy etish bo‘limi…

Zamonaviy tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushdi

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Obod qishloq» dasturiga kiritilgan Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Eshonobod qishlog‘ida zamonaviy tikuv-trikotaj korxonasi ishga tushdi. Aholini, ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash orqali ularning turmush farovonligini oshirish «Obod qishloq» dasturining bosh maqsadlaridan biri. Endilikda qishloqda yashovchi chevarlar zamonaviy tikuv korxonalarida mehnat qilib, ro‘zg‘origa baraka kiritmoqda. Olis bir hududda markazdagidan aslo qolishmaydigan…

«Nafosat» festivalining ikkinchi bosqichi Namangan shahrida bo‘lib o‘tdi

Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan «Nafosat» festivalining ikkinchi bosqichi Namangan shahrida bo‘lib o‘tdi. Festivalning so‘ngi kunida soha mutaxassislari va Namangan muhandislik-texnologiya instituti «Kostyum dizayni» yo‘nalishi talabalari, o‘qituvchilari bilan «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tarkibidagi yirik ishlab chiqaruvchi korxonalar «Istiqlol tekstil dizayn»MCHJ va «Iftixor kiyim sanoat»MCHJ larga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari, yangi texnologiya, yangi dizaynlar…