Ilk bor olimpiyachilarni kiyintirgan o‘zbek brendi, xorij brendlari bilan hamkorlik qilayotgan tadbirkorlar – O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatiga nazar

O‘zbekistonda har bir soha kundan kun rivojlanib bormoqda. Bu rivojlanish darajasi turli sohalarda har xil bo‘lsa-da, bir-biridan uzoq ham emas. Chunki yaqin yillarda biznes va tadbirkorlik umuman ishbilarmonlikka turli yo‘llar ochildi va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu o‘zgarishlar to‘qimachilik sanoatida qanday akslanmoqda – navbatdagi ko‘rsatuvimiz mavzusi ayni shu sohaga bag‘ishlandi. To‘qimachilikda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangiliklar: yutuqlar bilan…

Germaniyaning Shtutgart shaxrida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining vakolatxonasi ochiladi

5 noyabr kuni To‘qimachilik texnoparkida Gesamtmasche-Germaniya trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tomonidan muhim kelishuv imzolandi. Ushbu vakolatxonaning ochilishi O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari va brendlarini Yevropa bozorlarida o‘z o‘rnini egallashga ulkan turtki bo‘ladi. Vakolatxona bevosita Gesamtmasche konfederatsiyasi binosida joylashishi rejalashtirilgani Germaniyalik xaridorlar bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratadi. U yerda O‘zbekiston mahsulotlarini Yevropaga eksportini…

To‘qimachilik maxsulotlarining Yevropa bozoriga kirishda yana bir imkoniyat

  Avval xabar berganimizdek, yurtimizda Gesamtmasche Germaniya trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi Prezidenti Martina Bante boshchiligida Germaniyalik ishbilarmonlar delegatsiyasi bulib turibdi. Delegatsiya 1 noyabr kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilxom Xaydarov bilan bulgan uchrashuv chogida Uzbekistonga taklif uchun minnatdorchilik bildirib, mamlakatda uzgarishlar xayratlanarli ekanligini ta’kidladi. To‘qimachilik texnoparkida bulib utgan ushbu biznes kooperatsiyada davomida taraflar O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarining…

Tadbirkorlarga yengilliklar berish davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20 avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqatidan so‘ng quyidagi yengilliklar joriy etildi: eksport va import operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun jarimalar qo‘llanilishi va undirilishi 2021 yil 31 dekabrga qadar to‘xtatildi (PF-6306); ayrim turdagi xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar (ro‘yxat bo‘yicha) bojxona to‘lovlaridan ozod etildi (PQ-5262); o‘n ikki oy…

«ODDO BHF» mustaqil Frantsiya-Germaniya moliyaviy xizmatlari guruhini O‘zbekistonga jalb qilish masalasi muhokama qilindi

Joriy yilning 26 oktyabr sanasida «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi binosida uyushma raisining birinchi o‘rinbosarining «ODDO BHF» mustaqil Frantsiya-Germaniya moliyaviy xizmatlar guruhi vakillari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot uchun: ODDO BHF – birja brokerlarining besh avlodi va nemis banki tomonidan yaratilgan frantsuz oilaviy biznesi alyansida tashkil etilgan mustaqil Frantsiya-Germaniya moliyaviy xizmatlar guruhidir. Bankda 2300 nafar xodim va 100…

Polshada bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmada 60 dan ortiq korxona O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati mahsulotlarini taqdim etadilar

Joriy yilning 22 oktyabr kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Xaydarov, Polsha-Osiyo Savdo Palatasi Prezidenti Yanush Pexochinski va  O‘zbekiston Respublikasi Savdo Sanoat Palatasi raisining birinchi o‘rinbosari I.Jasimov ishtirokida muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda O‘zbekistonda olib borilayotgan savdo-iqtisodiy isloxotlar, shu jumladan to‘qimachilik sohasida erishilgan yutuqlar va uning salohiyati to‘g‘risida taqdimot bo‘lib o‘tdi. Ya.Pexochinski O‘zbekistonda so‘nggi yillarda to‘qimachilik sohasini rivojlantirish…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqoti» doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 20 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5262 sonli Qarori tasdiqlandi

Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab quvvatlash, qo‘shimcha qiymatli yangi turdagi tayyor mahsulotlar hajmini oshirish hamda eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlarni belgilab olish bo‘yicha 2021 yil 20 avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqoti» doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yil 20 oktyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5262 sonli Qarori tasdiqlandi. Ushbu…

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutiga “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining Kadrlar va ta’lim muassasalari bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i Odinayev Sardor Raximjanovich boshchiligidagi delegatsiya institut bilan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish va ko‘plab masalalarni muhokama qilish maqsadida tashrif buyurdi hamda institut jamoasi bilan muloqot o‘tkazilib, o‘zaro fikrlar almashildi. Muloqotlar Namangan muhandislik-texnologiya institutining laboratoriya binosida boshlandi. Bu dargohga mahalliy va…

O‘quvchilar uchun Zomin shahri markazida joylashgan “Elephantino” bolalar kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tikuv fabrikasiga sayohat tashkil etildi

Maktab o‘quvchilarini 7-sinfdan boshlab kasbga yo‘naltirish ishlarini amalga oshirish, yuqori sinflarda zamonaviy kasb-hunar egallashlari uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda yoshlar orasida o‘zini-o‘zi band qilish kabi mehnat shakllarini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Bu borada Zomin tumanidagi 60-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha bo‘yicha alohida to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bugun ushbu maktabning tikuvchilik…

🌿 Atrof-muhit muhofazasi yo‘lida hamkorlik: TADBIRKORLAR VA EKOLOGLAR BIR-BIRINI TUSHUNDIMI?

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan soha korxonalari, Ekologiya qo‘mitasi hamda “O‘zsuvta’minot” AJ bilan hamkorlikda “Atrof-muhit muhofazasi” yo‘nalishida seminar tashkillashtirildi. Mazkur seminarda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha belgilangan me’yoriy talablarga amal qilishda e’tibor qaratilishi zarur bo‘lgan asosiy jihatlar va kuzatilayotgan kamchiliklar yuzasidan soha mutahassislari tomonidan fikrlar bildirilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha yo‘nalishlar berildi. Shuningdek, tadbirkorlar va ekologlar atrof-muhit ifloslanishining oldini…