Koreya-o‘zbek to‘qimachilik texnoparki «O‘zto‘qimachiliksanoat» boshqaruviga o‘tkaziladi
Prezidentning “Koreya-o‘zbek o‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparkining samarali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining texnoparkni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining operativ boshqaruviga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi. Texnopark tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, texnoparkka va uning rezident-korxonalariga (xususan, texnoparkning ekstraterritorialligi printsipini hisobga olgan holda) “Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy…
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT





